10:10 / 18.09.2024
31

Turkiyada ko‘zini bo‘yashda ishlatilgan 8,2 ming yillik toshqalam topildi

Turkiyada ko‘zini bo‘yashda ishlatilgan 8,2 ming yillik toshqalam topildi
Foto: Arkeonews
Izmirdagi Yeshilova tepaligi qo‘rg‘onida olib borilgan qazishma ishlari davomida turkiyalik arxeologlar bundan 8,2 ming yil oldin ko‘zni bo‘yashda foydalanilgan toshqalamni topdi, deb xabar beradi Arkeonews.

Qayd etilishicha, qalamning uchida arab, O‘rtayer dengizi va Janubiy Osiyo madaniyatida ko‘zni bo‘yashda foydalanilgan qora bo‘yoq izlari saqlanib qolgan.

Toshqalamning uzunligi 9,5 santimetr bo‘lib, u hozirga qadar topilgan eng qadimiy surma hisoblanadi.

Tadqiqotchilarning hisoblashicha, bo‘yoq tarkibida surma kosmetikasining asosiy komponenti bo‘lgan marganes oksidi mavjud bo‘lib, u ko‘z qovog‘i uchun ishlatilgan. Hozirda ushbu bo‘yoq izlari tahlilga yuborilgan.

Ege universiteti professori Zafar Derinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu topilma Egey dengizidagi ayollar bundan 8,2 ming yil oldin ham o‘zining tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor qaratganiga dalil bo‘la oladi. Oldinroq arexeologlar taqinchoqlar uchun mo‘ljallangan idishlarni ham topgan edi — bu Izmir hududida 8500-6500 yil oldin ham sivilizatsiya bo‘lganini tasdiqlay oladi.

Avvalroq Polshada mashhur astronom Nikolay Kopernikka tegishli bo‘lgan 500 yillik sirkul topilgandi. Ushbu sirkul Yan Mateykoning «Kopernik. Xudo bilan suhbat» kartinasida tasvirlangan. Artefakt oxirgi 500 yil davomida qal’a bog‘lari ichida yotgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada ko‘zini bo‘yashda ishlatilgan 8,2 ming yillik toshqalam topildi