Foto: Susan Walsh/AP/picture alliance
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro aloqa guruhining "Ramshtayn" formatida navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qildi. AQSH raisligidagi muzokaralar Germaniyada bo‘lib o‘tadi, u yerda Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi 50 dan ortiq davlatning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi 26 sentyabr, payshanba kuni Oq uy.
Vashington aloqa guruhining uchrashuvi qayerda bo‘lishini ma’lum qilmadi, biroq u Amerikaning Ramshtayndagi harbiy bazasida o‘tkazilishi kutilmoqda, deya qayd etadi dpa.
Bayden Germaniyaga oktyabr oyi o‘rtalarida tashrif buyuradi. U Germaniya kansleri Olaf Shols va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashishi, so‘ng Ramshtayn harbiy bazasiga borishi kutilmoqda.
Baydenning Berlinga birinchi tashrifi
Bu Baydenning prezidentlik muddati boshlanganidan beri Berlinga birinchi tashrifi va ikki tomonlama munosabatlar doirasidagi Germaniyaga ilk safari bo‘ladi. Nemis OAV xabar berishicha, u 10-12 oktyabr kunlari uch kun davom etadi. AQSH prezidenti Barak Obama Berlinga oxirgi marta shunday tashrif bilan sakkiz yil avval kelgan edi. Shu bilan birga, 2022 yilda Bayden Bavariyaning Elmau shahrida bo‘lib o‘tgan G7 sammitida ishtirok etdi va 2023 yilda Ramshtayn harbiy bazasiga qo‘nib o‘tdi.
Der Spiegel nashrining yozishicha, tashrif doirasida Bayden, Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Britaniya bosh vaziri Kir Starmer o‘rtasida to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi