2025 yilda Ukrainaga harbiy xarajatlari uchun 120 milliard dollardan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu haqda The Wall Street Journal ukrainalik amaldorga tayanib yozmoqda.
Ba’zi Ukraina rasmiylariga ko‘ra, G‘arb ittifoqchilari NATOga taklif o‘rniga yaqin yillarda mudofaa xarajatlarini oshirish uchun Kiyevga kerakli mablag‘ni taqdim etishi mumkin.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbning yordami Ukraina armiyasining texnika va qurollarga bo‘lgan barcha ehtiyojlarini qondira olmasligini aytgan edi.
Shu bilan birga, Ukraina Tashqi ishlar vazirligining OAV tomonidan e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, Ukraina NATOga taklifdan boshqa har qanday xavfsizlik kafolatlarini rad etadi. Vladimir Zelenskiy yaqinda buni Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlash sharti deb atadi. Biroq, 3-4 dekabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida Ukraina qurolli kuchlariga yordam berish masalasi muhokama qilinishi rejalashtirilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida NATO davlatlari rahbarlari Ukrainaga 2025 yilda harbiy yordam sifatida 40 milliard yevro ajratishga kelishib olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
WBO reytingi yangilandi. Isroil Madrimov ilk bor reytingdan joy oldi
Londonda “Xamsa” asarining noyob qo‘lyozmasi topildi
Abbosbek Fayzullayev SSKAda qancha maosh oladi?
Shomurodovdan hammaga xushxabar...
Google qidiruv tizimidan foydalanish kamaymoqda
Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?