12:12 / 01.01.2025
81

Bolgariya va Ruminiya Shengen zonasining toʻlaqonli a'zosiga aylandi

Bolgariya va Ruminiya Shengen zonasining toʻlaqonli a'zosiga aylandi
Foto: Getty Images
Bolgariya va Ruminiya Shengen zonasining toʻlaqonli a'zolari boʻlishdi. 1 yanvar, chorshanba kunidan boshlab Shengen kelishuvining qolgan ishtirokchilari bilan ushbu mamlakatlarning Evropa ichki quruqlik chegaralarida tekshiruvlar bekor qilindi.

Evropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlari Avstriya vetosini bekor qilganidan keyin deyarli uch hafta oldin shunday qaror qabul qilgan.

Shunday qilib, Vengriya yoki Gretsiya orqali ikki davlatga kiruvchi sayohatchilar va yuk mashinalari haydovchilari endi kechikmaydi. Hujjatlar endi Bolgariya-Gretsiya chegarasining oltita rasmiy oʻtish punktlarida taqdim etilmaydi, deya aniqlik kiritdi dpa agentligi. Ruminiya tomonidagi chegaraning 30 kilometrlik qismida faqat e'lon qilinmagan, tasodifiy, maqsadli tekshiruvlar oʻtkaziladi.

Mart oyida ikkala davlat ham kelishuvga a'zo boshqa davlatlardan kirishda aeroportlar va dengiz portlarida nazoratdan voz kechgan edi.

Shengen zonasi davlatlari soni 29 taga etdi

Ruminiya va Bolgariya bilan birgalikda Shengen zonasiga endi 29 ta davlat kiradi. Gap Evropa Ittifoqiga a'zo 27 davlatdan 25 tasi, shuningdek, Shveytsariya, Norvegiya, Islandiya va Lixtenshteyn haqida bormoqda.

Buxarest va Sofiya 2007 yilda Evropa Ittifoqiga qoʻshilgan.

Evropa komissiyasiga maslahat beruvchi Evropa iqtisodiy ijtimoiy qoʻmitasi (EESC) hisob-kitoblariga koʻra, Shengen hududida toʻlaqonli a'zolik yoʻqligi sababli Bolgariya har yili 834 million evro yoʻqotgan. Ruminiya uchun zarar yiliga 2,32 milliard evroni tashkil etdi. Ruminiyadagi transport kompaniyalari chegaralardagi kechikishlar tufayli yiliga yana 90 million evro yoʻqotadi.

Vetoni bekor qilgan Avstriya Ichki ishlar vazirligi rahbari Gerxard Karner oʻz pozitsiyasining oʻzgarishini «chegarani noqonuniy kesib oʻtishning keng koʻlamli qisqarishi» bilan izohladi.

Soʻnggi oylarda bir qator Shengen davlatlari, jumladan, Germaniya va Niderlandiya, noqonuniy migratsiyaning kuchayishi sababli oʻz chegaralarida nazoratni joriy qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo