22:36 / 21.01.2025
173

Xitoy moliya bozorlarida navbatdagi inqiroz yuz bermoqda

Xitoy moliya bozorlarida navbatdagi inqiroz yuz bermoqda
2025 yil boshidan beri Xitoy moliya bozorlari jiddiy muammolarga duch kelmoqda, deb yozadi The Economist. Yilning birinchi savdo kuni 2016 yildan keyingi eng yomon koʻrsatkichlar bilan yopildi: CSI 300 indeksi 2,9 foizga tushib ketdi. Yuan kursi esa 15 oylik minimumga – 1 dollar uchun 7,33 yuanga tushdi. Uzoq muddatli davlat obligatsiyalari boʻyicha daromadlilik ham rekord darajada pasaydi.

Foto: Alamy
Bu beqarorlikning asosiy sababi – investorlarning Xitoy hukumati iqtisodiy siyosatiga boʻlgan ishonchi kamayishidir.

Hukumat iqtisodiyotni ragʻbatlantirish va koʻchmas mulk bozorini qoʻllab-quvvatlashga va'da bergan boʻlsa-da, bu choralar kutilgan natijalarni bermadi.

Masalan, tiklanish uchun ajratilgan mablagʻlarning katta qismi mahalliy hukumatlarning qarzlarini toʻlash uchun sarflandi, bu esa iqtisodiy oʻsishga ta'sir koʻrsatmadi. Bundan tashqari, uy-joy savdosi asosan yirik shaharlarda oshgan boʻlsa-da, kichik shaharlarda narxlar pasayishda davom etmoqda.

Xalqaro bosim ham vaziyatni yanada ogʻirlashtirmoqda. AQSh tomonidan Xitoy eksportiga yangi tariflar joriy etilishi mumkinligi va Tencent kompaniyasining Xitoy harbiylari bilan bogʻliq roʻyxatga kiritilishi sarmoyachilarning xavotirini kuchaytirmoqda.

Ayni paytda, Xitoy regulyatorlari bozorni barqarorlashtirishga harakat qilmoqda. Markaziy bank 800 milliard yuan ajratgan va davlat korxonalari aktsiyalarni sotib olish orqali narxlar tushishining oldini olishga urinmoqda. Biroq, bu choralar vaqtinchalik yordam berib, chuqur tarkibiy muammolarni hal etmaydi.

Tahlilchilar fikricha, Xitoy iqtisodiyotiga ishonchni tiklash uchun keskin choralar va uzoq muddatli islohotlar talab etiladi. Aks holda, mamlakat “Yoʻqolgan oʻn yillik” nomini olgan Yaponiyaning stagnatsiya davriga oʻxshash vaziyatga tushib qolishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo