09:23 / 03.02.2025
263

Zelenskiy: “Ukraina 3 yillik urush mobaynida hech qachon bugungiday tinchlikka yaqin boʻlmagan”

Zelenskiy: “Ukraina 3 yillik urush mobaynida hech qachon bugungiday tinchlikka yaqin boʻlmagan”
Foto: AP Photo
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat uch yillik urush mobaynida hech qachon bugungiday tinchlikka yaqin boʻlmaganini aytdi. Siyosatchi ehtimoliy muzokaralar va Evropaning harbiylar yuborish imkoniyatini baholadi.

"Biz kurashmoqdamiz, yashamoqdamiz, tinchlikka erishish uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz uch yillik urush mobaynida hech qachon bugungiday tinchlikka yaqin boʻlmagan edik. Biz oʻz davlatimizni, mustaqilligimizni, mamlakatimizni, poytaxtimizni, koʻplab shahar va qishloqlarimizni himoya qildik", dedi u.

Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlik muzokaralarini istamasligi va ularni buzishga harakat qilishini aytdi.

"U Ukrainada urushni tugatish imkoniyatidan qochish uchun turli bahonalar oʻylab topadi — Ukraina bilan muzokaralar stolida ham", dedi prezident.

Ukraina rahbari muzokaralardagi ishtirok Putin uchun magʻlubiyatga aylanishi, u esa bundan “qoʻrqishi”ni qayd etdi. U Rossiya prezidenti Ukraina bilan emas, balki Gʻarb bilan urushayapman deb oʻylashini ta'kidladi.

Putin haqiqiy muzokaralarni istamaydi. Uning tasavvurida Rossiya bilan Gʻarb oʻrtasida urush ketmoqda, Kreml esa gʻalaba qozonmoqda. Biroq Ukraina, barcha qiyinchiliklarga qaramay, uning gʻalabasiga yoʻl qoʻymadi. AQSh prezidenti Donald Tramp unga Ukrainaning muzokaralar stolida boʻlishi zarurligini aytganida, Kreml diktatori yana muzokaralar jarayonini izdan chiqarish uchun Ukraina prezidentining goʻyoki noqonuniyligi haqidagi hikoyaga qaytadi, dedi Zelenskiy.
Ukrainaga Evropa qoʻshinlarini yuborish

Prezident Ukrainada xorijiy harbiy kontingentni joylashtirish gʻoyasiga izoh berar ekan, bu xavfsizlik kafolatlari haqidagi munozaraning bir qismi ekani, biroq qoʻshin yuborishning oʻzi etarli boʻlmasligini aytdi.

Bu faqat qogʻozdagi ramziy mavjudlik boʻlishi kerak emas, dedi siyosatchi.
Ukraina ushbu harbiy kontingentning vakolatlari va uni kim boshqarishini aniq tushunishi lozim. Prezidentning aytishicha, haqiqiy xavfsizlik kafolatlari Qoʻshma Shtatlar ishtirokida keng qamrovli boʻlishi zarur. Ular kuchli Ukraina armiyasini, mudofaa-sanoat majmuasiga sarmoyalarni, Amerika litsenziyasi asosida qurol ishlab chiqarishni va uzoq muddatli harbiy koʻmakni oʻz ichiga olishi kerak.

♦ Ukrainaning urushni tugatish shartlari

Ukraina qoʻshinlarni 1991 yil chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ni amalga oshirishni talab qilmoqda. Gap 2014 va 2022 yillarda Rossiya tomonidan u erda oʻtkazilgan “referendumlar” va Ukrainaning Qrim, Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari noqonuniy anneksiya qilingani haqida ketmoqda. Moskva “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qiladi.

♦ Rossiya shartlari

Putin oʻt ochishni toʻxtatish uchun oʻz shartlarini ilgari surdi, jumladan, Ukraina qoʻshinlari oʻzini oʻzi mustaqil deb e'lon qilingan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan olib chiqilishi, ushbu toʻrtta hudud va Qrim goʻyoki xalqaro miqyosda Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga a'zolikdan voz kechishi va sanktsiyalarni olib tashlash. Zelenskiy bu taklifni “ishonib boʻlmaydigan” ultimatum deb atadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo