Kimi Antonelli «Formula-1» tarixidagi eng yosh chempionga aylandi

Kimi Antonelli «Formula-1» tarixidagi eng yosh chempionga aylandi

Italiyalik poygachi Kimi Antonelli «Formula-1»da chempionlik unvonini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi. Buning uchun unga 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Meksika Gran-prisida uchinchi o‘rinni egallashning o‘zi kifoya qildi. Bu haqda Nur.kz ma’lum qildi.

Bosqich g‘olibi Red Bull jamoasi vakili, niderlandiyalik Maks Ferstappen bo‘ldi. Ferrari jamoasi nomidan ishtirok etgan Lyuis Hemilton esa finishga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. U g‘olibdan juda oz farq bilan ortda qoldi.

Qayd etilishicha, Antonelli chempionlikni qo‘lga kiritgan kuni 20 yosh 69 kunlik bo‘lgan. Ungacha «Formula-1» tarixidagi eng yosh chempion germaniyalik Sebastyan Fettel edi. U ilk bor 2010 yilda, 23 yosh 134 kunligida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Fettel jami to‘rt marta chempion bo‘lgan.

Mercedes jamoasi vakili Antonelli «Formula-1» tarixida chempionlikni qo‘lga kiritgan uchinchi italiyalik poygachi bo‘ldi. Bu 1953 yildan beri ilk bor italiyalik sportchi chempionlikka erishganini anglatadi. 1950 yilda Juzeppe Farina, 1952 va 1953 yillarda esa Alberto Askari chempion bo‘lgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar