
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ma'muriyati Xitoy va Rossiyaga nisbatan Amerikaning sobiq prezidentlariga qaraganda kamroq bosim oʻtkazib, moslashuvchanroq yondashuvni qoʻllaydi, deb yozmoqda Foreign Affairs jurnali.
Nashr ma'lumotlariga koʻra, Amerikaning avvalgi rahbarlari Rossiya va Xitoyni demokratlashtirish zarurligini ta'kidlagan hokimiyat doiralari tomonidan bosimga uchragan. Biroq “Tramp qaytganidan soʻng bu bosim yoʻqoldi”, chunki hokimiyatni oʻzgartirish gʻoyasi va “Xitoy hamda Rossiyadagi boshqaruv shakli Trampni mutlaqo tashvishga solmayapti”.
Jurnalning baholashicha, “ziddiyat manbalari saqlanib qolsa-da, umumiy vaziyat kamroq keskinlashadi va diplomatik aloqalar oʻrnatish imkoniyati paydo boʻladi”. Xususan, nashr AQShning ba'zi yon berishlarga borishi, shuningdek, muzokaralarda ochiqroq boʻlishi mumkinligini istisno etmagan. Bundan tashqari, Pekin, Vashington va Moskva oʻrtasida qurolsizlanish masalalari boʻyicha shartnomalar tuzilishi ham istisno etilmagan.
Bunday egiluvchan diplomatiya Tramp va uning ma'muriyatiga katta foyda keltirishi mumkin. Hamkorlik qilish uchun xalqaro tashkilotlarga muhtoj boʻlmagan Amerika etakchisi turli voqealarga tezroq munosabat bildirishi va maqsadga erishish uchun mavjud vaziyatdan foydalanishi mumkin, deb ta'kidlamoqda Foreign Affairs.
Van I AQSh hukumatini Xitoyni tiyib turishga urinishdan ogohlantirdi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi ochilishida soʻzga chiqdi.

Foto: Getty Images
Xitoy uchun yevropaliklar hamkor, raqib emas. Va bu bizning koʻp qutbli dunyomizda juda muhim siyosatdir, dedi u.
Bundan tashqari, Van I AQSh hukumatini Xitoyni tiyishga urinishdan ogohlantirdi. XXR vakilining soʻzlariga koʻra, bu Pekinning qat'iy chora-tadbirlariga sabab boʻladi.
Van I, shuningdek, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ehtimoliy sulh muzokaralariga izoh berdi.
Pekin Ukraina mojarosini hal qilishga yordam beradigan barcha sa'y-harakatlarni, jumladan, soʻnggi kunlarda AQShning Rossiya bilan kelishuvga erishganini olqishlaydi. Barcha tomonlar munosib vaqtda Ukraina boʻyicha tinchlik muzokaralarida ishtirok etishi lozim, deya qoʻshimcha qildi diplomat.
U Xitoyning Rossiya gazidan voz kechishga tayyor emasligini ta'kidladi, chunki boshqa davlatlar XXR talab qilgan miqdordagi resurslarni etkazib bera olmaydi.
Aksar davlatlar Xitoyga bosim oʻtkazish uchun iqtisodiy va savdo masalalarini siyosiylashtirmoqda. Biz bunga yoʻl qoʻya olmaymiz, deb xulosa qildi Van I.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar