
Foto: “TASS”
AQSH Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington hozirdan boshlab Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam ajratishni to‘xtatadi va tinchlik muzokaralariga ustuvor ahamiyat qaratadi.
"Biz endi AQSHdan uzoqdagi mamlakatda urush davom etishi uchun chek-cheksiz moliyaviy resurslar ajratib berishga tayyor emasmiz. Hozir eng muhim masala – tinchlik uchun haqiqiy va mustahkam asos yaratish," – dedi Levitt.
Zelenskiy va Tramp uchrashuvi: keskin bahslar
28 fevral kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Manbalarga ko‘ra, Oval kabinetdagi muzokaralar asabiy muhitda kechgan.
Uchrashuv davomida Zelenskiy Kiyev o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor emasligini va AQSHdan xavfsizlik kafolatlarini talab qilayotganini ta’kidladi.
Tramp esa bu talablarga keskin javob qaytarib, "Amerika o‘zini qanday tutishi bo‘yicha Kiyevdan ko‘rsatmalar olishga muhtoj emas," deb ta’kidladi. Shuningdek, u Ukraina tinchlik yo‘lida murosalarga borishi lozimligini qayd etdi va agar Kiyev kelishuvdan bosh tortsa, Vashington bunday jarayonda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Ushbu voqea AQSHning Ukrainaga nisbatan siyosatini keskin o‘zgartirishining yana bir isboti bo‘lib, kelgusida Vashingtonning Kiyev bilan munosabatlari qanday yo‘nalish olishini vaqt ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar