date
views 69

Dmitriy Peskov: Putin – Zelenskiy uchrashuvi shartlardan so‘ng mumkin

Dmitriy Peskov: Putin – Zelenskiy uchrashuvi shartlardan so‘ng mumkin
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari yangi bosqichga kirishi mumkin. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuv faqat delegatsiyalar o‘zaro kelishuvlarga erishganidan keyingina amalga oshishi mumkin.

— Bunday uchrashuv delegatsiyalar faoliyati natijasi sifatida bo‘ladi. U muayyan kelishuvlar shakllangandan keyingina o‘tkazilishi mumkin, — dedi Peskov jurnalistlarga.

Unga ko‘ra, Rossiya tomoni o‘t ochishni to‘xtatish uchun o‘z shartlarini tuzib chiqmoqda va yaqin kunlarda bu ro‘yxat Ukrainaga taqdim etiladi. Bu haqda avvalroq Rossiya muzokarachilari rahbari Vladimir Medinskiy ham ma’lum qilgan edi.

Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday dedi:

— Keyingi bosqich — yetakchilar darajasida to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuv tashkil etilishi kerak.

Medinskiy ham Ukraina tomonidan bunday uchrashuv iltimos qilinganini va Rossiya tomoni buni inobatga olganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, muzokaralardan avval Ukraina prezidenti Zelenskiy Turkiyada Putin bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan, shu maqsadda Anqaraga ham borgan edi. Ushbu chaqiruvlarga qaramay, Rossiya prezidenti bu takliflarga hali javob qaytarmadi.

Zamin.uz tahririyatidan:
Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv ehtimoli tinchlik muzokaralari yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lishi mumkin. Biroq bu uchrashuvning amalga oshishi muzokaralardagi aniq kelishuvlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Sizcha, bunday oliy darajadagi muloqot mojaroning barham topishiga qanchalik yordam bera oladi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dmitriy Peskov: Putin – Zelenskiy uchrashuvi shartlardan so‘ng mumkin