date

Xot-dog tanlovida shov-shuvli qaytish: Chempion yana maydonda!

Xot-dog tanlovida shov-shuvli qaytish: Chempion yana maydonda!
4 iyul kuni AQSHning Nyu-York shahri, Koni Aylendda an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan Nathan's Famous Hot Dog Eating Contest — xot-dog yeyish bo‘yicha jahondagi eng mashhur tanlovda Joey "Jaws" Chestnut yana g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb yozmoqda Reuters sayti.

Bir yillik ta’qiqdan keyin qaytgan 41 yoshli Indianalik chempion 10 daqiqa ichida 71 ta xot-dogni yeyishga muvaffaq bo‘ldi va “Gorchitsa belbog‘i” (Mustard Belt) ni qayta qo‘lga kiritdi.

Chestnut nima uchun o‘tgan yili qatnashmagandi?
2024 yilda u o‘simlik asosidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Impossible Foods kompaniyasi bilan hamkorlik qilgani uchun musobaqadan chetlatilgan edi.

Uning qaytish sababi:
“Ko‘p odamlar mening ishtirokimni sog‘inganini aytdi. Men ularni xursand qilishni va’da qilgandim va umidlarini oqlashni istadim”, — dedi u.

Undan keyingi o‘rinlar:
2-o‘rin: Patrick Bertoletti— 46 ta xot-dog.
Ayollar o‘rtasida:
– Miki Sudo — 33 ta (amaldagi chempion);
– Michelle Lesco — 22,75 ta.

Miki Sudo o‘zining o‘tgan yilgi rekordi — 51 ta xot-dogdan ancha kam natija qayd etdi. Lekin u shunday dedi:
“Men avvaliga biroz kuchsiz boshladim, ammo qiyinchilikka qaramay, yana harakat qildim va to‘xtab qolmadim”.

Bu musobaqa 1980 yildan beri 4 iyul — Istiqlol kuni munosabati bilan o‘tkazilib kelinadi. U AQSHda milliy an’anaga aylangan va butun dunyoda qiziqish bilan kuzatiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xot-dog tanlovida shov-shuvli qaytish: Chempion yana maydonda!