10 daqiqada 66 ta hot-dog: amerikalik rekordchi yana barchani hayratda qoldirdi

Ba’zi insonlar sport, ilm-fan yoki san’atdagi yutuqlari bilan tarixda qolishni istasa, boshqalar noodatiy rekordlari orqali dunyoga taniladi. AQSHlik Joui Chestnat ana shunday insonlardan biri bo‘lib, u yana bir bor hot-dog yeyish bo‘yicha o‘zining tengsiz ekanini isbotladi.
Amerikalik rekordchi an’anaviy hot-dog yeyish musobaqasida 18-marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Buning uchun u atigi 10 daqiqa ichida 66 ta hot-dogni iste’mol qilishga muvaffaq bo‘ldi va yana raqiblarini ortda qoldirdi.
Joui Chestnat ushbu musobaqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli ishtirokchi hisoblanadi. U yillar davomida bir necha bor rekord natijalarni qayd etib, hot-dog yeyish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylangan.
Ma’lumot uchun, Chestnatning eng yuqori natijasi 2021 yilda qayd etilgan. O‘shanda u 10 daqiqa ichida 76 ta hot-dog yeb, o‘z rekordini yangilagan va ushbu natija bilan Ginnesning rekordlar kitobidan ham joy olgan.
Uning navbatdagi g‘alabasi ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinib, ko‘plab foydalanuvchilarning hayratiga sabab bo‘ldi.






























Izohlar 0
…