
Garvard universiteti olimlari ilk bor Marsga o‘xshash sharoitlarda suv o‘tlarini muvaffaqiyatli parvarish qilishga erishdi, deb korrespondent.net xabar berdi. Loyihaga iqlimshunos va planetolog Robin Vordsvort boshchilik qildi. Mutaxassislar laboratoriyada polilaktik kislota asosida, qayta tiklanadigan manbalardan tayyorlangan va butunlay biologik parchalanadigan bioplastikdan maxsus kamera yaratdi.
Ushbu innovatsion kamera 3D-printer yordamida bosilib, ichida Mars atmosferasiga mos muhit — past bosim (Yer bosimining 1 foizidan ham kam), yuqori CO₂ darajasi yaratilgan. Eksperiment uchun Dunaliella tertiolecta turiga mansub suv o‘tlaridan foydalanildi. Qiyin va ekstremal sharoitlarga qaramasdan, suv o‘tlar nafaqat omon qoldi, balki samarali fotosintez jarayonini ham amalga oshirdi.
Garvard olimlarining bu tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bioplastika kelajakda boshqa sayyoralarda ekologik toza, “tirik” inshootlar barpo etishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Eng asosiysi, bunday bioplastik konstruktsiyalarni joyida tayyorlash va o‘rnatish oson — Yerda ishlab, tashish shart emas.
Shu bilan birga, mutaxassislar hali ham izlanishlar davom etishini ta’kidlashmoqda. Yerda bo‘lmagan barqaror va uzoq muddatli ekotizimlar yaratish uchun yana ko‘p yillar va keng qamrovli tadqiqotlar talab qilinadi. Ammo dastlabki ilmiy muvaffaqiyatlar allaqachon sayyoramizdan tashqarida hayot sari muhim qadamlardan biri bo‘la oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar