
Boston Consulting Group prognozlariga ko‘ra, 2035 yilga borib O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli deyarli ikki barobar oshadi — 68 milliarddan 123 milliard kilovatt-soatgacha. Bu haqda BCG boshqaruvchi direktori Igor Alekseev Investorlar kunida ma’lum qildi.
Asosiy o‘sish sanoat, maishiy sektor, transport va raqamli infratuzilma hisobiga ta’minlanadi. Sanoat korxonalari iste’moli 27 milliarddan 56 milliard kilovatt-soatgacha oshishi kutilmoqda.
Aholi iste’moli esa 19 milliarddan 28 milliard kilovatt-soatga yetadi, elektr isitishga o‘tish esa yana taxminan 10 milliard kilovatt-soat qo‘shadi. Transportni elektrlashtirish natijasida iste’mol 1,6 milliarddan 5,5 milliard kilovatt-soatga, ma’lumot markazlari rivoji esa 9 milliard kilovatt-soatgacha oshishi kutilmoqda.
O‘sib borayotgan talabni qondirish uchun energiya quvvatlarini kengaytirish rejalashtirilgan — 34 gigavattga yaqin yangi quvvatlar ishga tushiriladi, asosan quyosh va shamol energiyasiga asoslangan holda. Shuningdek, 9 ming kilometr elektr uzatish liniyalari, 30 dan ortiq yangi yuqori kuchlanishli podstansiyalar va taxminan 800 ta taqsimlovchi transformator uzellari qurilishi rejalashtirilgan.
Alekseevning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha 2035 yilgacha mo‘ljallangan strategik reja tasdiqlagan. Ushbu dastur doirasida 2028 yilga qadar elektr energiyasining ulgurji bozori ishga tushirilishi, soatlik narx belgilash tizimiga o‘tish, RAB-tariflarni joriy etish, tarmoqlar boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish va asosiy kompaniyalarni IPOga tayyorlash rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, atom elektr stansiyasi O‘zbekistonning uchta hududini elektr bilan ta’minlaydi.
O‘zbekistonda elektr iste’moli 2035 yilgacha ikki barobar oshadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar