
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot va mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha maslahatchilarni tayinlash to‘g‘risida farmon imzoladi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati. Ravshan G‘ulomov mintaqaviy rivojlanish masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi etib tayinlandi.
U ilgari iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan. Obid Hakimov iqtisodiy masalalar bo‘yicha prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lib, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga rahbarlik qilgan. Aziz Magrupov mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
U tayinlovga qadar xorijiy investitsiyalar masalalari bo‘yicha prezident vakili sifatida faoliyat yuritgan.
Prezident iqtisodiyot va mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha maslahatchilarni tayinladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar