date

Olinda sohilida akula hujumi: 13 yoshli bola vafot etdi

Olinda sohilida akula hujumi: 13 yoshli bola vafot etdi

Braziliyaning Olinda shahrida joylashgan sohil hududida 13 yoshli o‘smir akula hujumi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda Agência Brasil axborot agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, o‘smir dengizda do‘stlari bilan cho‘milayotgan paytda akula tomonidan hujumga uchragan. Yirtqich uning o‘ng soni orqa qismidan tishlab olgan. Og‘ir jarohat va ko‘p qon yo‘qotish sababli bola hayot alomatlarisiz shifoxonaga yetkazilgan.

Qayd etilishicha, mazkur hudud akula hujumlari tez-tez qayd etiladigan joy sifatida tanilgan. Ushbu holat Pernambuku shtatida akula hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar sonini 27 nafarga yetkazdi.

Shuningdek, avvalroq Avstraliyaning Sidney shahri shimolidagi plyajlar ham akula hujumlari xavfi yuqori bo‘lgani sababli vaqtincha yopilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Olinda sohilida akula hujumi: 13 yoshli bola vafot etdi