date

Niameydagi xalqaro aeroportga qurolli hujum uyushtirildi

Niameydagi xalqaro aeroportga qurolli hujum uyushtirildi

Niger poytaxti — Niamey shahrida joylashgan xalqaro aeroportga qurolli hujum amalga oshirildi. Bu haqda BBC axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 29 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, Nigerda hokimiyat tepasida turgan harbiy xunta rahbari, general Abdurahmon Tchiani hujumni bartaraf etish jarayonida ko‘rsatilgan harbiy ko‘mak uchun Rossiya tomoniga minnatdorlik izhor etgan.

Shu bilan birga, general hech qanday dalillar keltirmasdan Fransiya, Benin va Kot-d'Ivuar davlatlarini ushbu hujumning «homiylari» sifatida ayblagan.

Ayni paytda ekspertlar mamlakat hududida radikal guruhlar faolligi ortib borayotganini ta’kidlamoqda. Mazkur hujum uchun javobgarlikni esa ISHID bilan bog‘liq guruh o‘z zimmasiga olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Niameydagi xalqaro aeroportga qurolli hujum uyushtirildi