
Yevrokomissiya Meta korporatsiyasiga qarshi monopoliyaga qarshi tekshiruv boshlashga tayyorlanmoqda. Financial Times nashrining xabar berishicha, bunga Meta tomonidan o‘zining sun’iy intellekt texnologiyasidan WhatsApp messenjerida foydalanishi sabab bo‘ladi.
Nashr manbalariga ko‘ra, rasmiy e’lon yaqin kunlarda berilishi mumkin. Shuningdek, kompaniya WhatsApp’da chat-bot va sun’iy intellekt yordamchisini integratsiya qilgan edi.
Ushbu vositalar Yevropa hududida 2025 yil mart oyidan boshlab mavjud bo‘ldi. Yozda Italiya Meta o‘zining sun’iy intellekt funksiyalarini bozorning kuchli mavqeidan foydalanib ilgari surmoqda, deb alohida tekshiruv boshlagan edi.
Keyinchalik kompaniya boshqa ishlab chiqaruvchilarning muqobil chat-botlariga cheklovlar qo‘yayotgani haqida ayblovlar paydo bo‘ldi. Yevrokomissiya hozircha ehtimoliy tekshiruv bo‘yicha izoh bermagan.
Meta esa tekshiruvning boshlanishi haqida rasmiy ma’lumotga ega emasligini aytib, Italiya hukumatining da’volarini asossiz deb atadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.