
Abdumalek Xalokov va Asilbek Jalilov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi uchun ikki muvaffaqiyatni ta'minlashdi. 60 kg vazn toifasida Abdumalek Xalokov ekvadorlik Kevin Moskeraga qarshi jang qilishi kerak edi.
Ammo Moskeraning vazn talablariga javob bermaganligi sababli jang bekor qilindi. Tashkilotchilar ekvadorlik bokschining texnik mag'lubiyatini qayd etishdi va g'alaba avtomatik tarzda Xalokovga berildi.
Shu tariqa, o'zbek bokschisi ringga chiqmasdan turnirni davom ettiradigan bo'ldi. Asilbek Jalilov esa 54 kg vazn toifasida turkiyalik Sadaiy Ahisqali bilan jang qildi.
Jalilov jang davomida kuchli bosim o'tkazib, raqib ustidan to'liq nazorat o'rnatdi. U barcha raundlarda aniq zarbalar va yuqori temp bilan ustunlikni qo'lga kiritdi.
Hakamlar bir ovozdan Jalilovning g'alabasini tasdiqlashdi — 5:0. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.