date

Turkmaniston fuqarolari AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov puli qo'yadi

Turkmaniston fuqarolari AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov puli qo'yadi

Turkmaniston fuqarolari AQSh vizasiga ariza topshirishda endi 5 mingdan 15 ming dollargacha garov puli kiritishi shart. AP xabariga ko'ra, Turkmaniston qo'shimcha vizaviy talablar joriy etilgan davlatlar ro'yxatiga kiritildi va bu tartib 2026 yildan kuchga kiradi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Yangi talab faqat Turkmaniston bilan cheklanmaydi: xuddi shunday garov puli Butan, Botsvana, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Gvineya-Bisau hamda Namibiya fuqarolaridan ham so'raladi. Avvalroq bu ro'yxatga Mavritaniya, San-Tome va Prinsipi, Tanzaniya, Gambiya, Malavi va Zambiya ham kiritilgandi.

Garov puli vizani olishni kafolatlamaydi. Biroq ariza rad etilgan taqdirda yoki kirish tasdiqlangach, mablag' arizachiga qaytarilishi ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, viza olish jarayonida kuchaytirilgan boshqa talablar ham saqlanib qoladi: majburiy shaxsiy suhbat, ijtimoiy tarmoq akkauntlari tarixini taqdim etish, shuningdek sayohatlar bo'yicha batafsil ma'lumotlarni ko'rsatish. Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Davlat departamenti Diversity Visa berishni to'xtatib qo'ygani haqida yozgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston fuqarolari AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov puli qo'yadi