date

Politico AQSH Grenlandiya ustidan nazorat o'rnatishga 2026 yilda urinishi mumkin

Politico AQSH Grenlandiya ustidan nazorat o'rnatishga 2026 yilda urinishi mumkin

Politico manbalariga ko'ra, AQSH yaqin oylar ichida Grenlandiya ustidan ta'sirini kuchaytirib, nazorat o'rnatish yo'lida harakat boshlashi mumkin. Nashrning yozishicha, Vashington bu jarayonni noyabr oyidagi Kongressga oraliq saylovlar yoki 4 iyul kuni nishonlanadigan AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bog'lashni ko'zlayapti. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Eurasia Group tahliliy markazining Yevropa bo'limi boshqaruvchi direktori Mujtaba Rahman Politico'ga bergan izohida, AQSH bu masalada Venesueladagi kabi keskin ssenariyni tanlamasligi ehtimolini bildirdi. Uning fikricha, Vashington hozirgi kuchlar muvozanatini o'zgartirish uchun "siyosiy ta'sir kampaniyasi"ni ishga solishi mumkin.

Rahman mahalliy siyosatchilarni og'dirish yoki moliyaviy rag'batlantirishga urinishlar bo'lishi, natijada AQSHning harbiy va fuqaroviy ishtiroki kengayishi ehtimolini ham istisno etmadi. U bunday ssenariy "real va jiddiy" ekanini ta'kidladi.

2025 yil yanvarida Oq uyga qaytgan Donald Tramp bir necha bor Grenlandiyani AQSHga qo'shib olish niyati borligini aytgan. 4 yanvar kuni The Atlantic nashriga bergan intervyusida u orolni AQSH mudofaasi uchun "mutlaqo zarur" deb atab, mintaqada Rossiya va Xitoy kemalari borligini eslatgan.

Reuters qayd etishicha, AQSHning Venesueladagi harakatlari Yevropa yetakchilarida Grenlandiya ham shunga o'xshash bosim ssenariysiga duch kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Politico AQSH Grenlandiya ustidan nazorat o'rnatishga 2026 yilda urinishi mumkin