AQSH vizasi uchun majburiy depozit talab qilinadigan roʻyxatga Markaziy Osiyodan yana uch davlat kiritildi

AQSH prezidenti maʼmuriyati kirish vizasiga ariza topshirayotgan fuqarolardan pul depoziti kiritishni majburiy qiladigan davlatlar roʻyxatini kengaytirdi. Davlat departamenti rasmiy saytida eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, roʻyxatga yana 25 ta mamlakat qoʻshildi va yangi talablar 21-yanvardan kuchga kiradi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Yangi tartibga asosan depozit talabi quyidagi davlatlar fuqarolariga tatbiq etiladi: Jazoir, Angola, Antigva va Barbuda, Bangladesh, Benin, Burundi, Kabo-Verde, Kot-d’Ivuar, Kuba, Jibuti, Dominika, Fiji, Gabon, Qirgʻiziston, Nepal, Nigeriya, Senegal, Tojikiston, Togo, Tonga, Tuvalu, Uganda, Vanuatu, Venesuela va Zimbabve.
Viza uchun murojaat qilgan shaxsdan 5 ming dollardan 15 ming dollargacha depozit undiriladi. Aniq miqdor viza suhbatidan keyin belgilanadi. Davlat departamenti depozit toʻlanishi viza berilishiga kafolat emasligini taʼkidladi.
Toʻlangan mablagʻ viza rad etilgan taqdirda qaytariladi. Shuningdek, AQSHga kirgandan soʻng viza rejimi bo‘yicha barcha talablar bajarilgan bo‘lsa ham depozit qaytarilishi nazarda tutilgan.
So‘nggi o‘zgarishlardan keyin mazkur ro‘yxatdagi davlatlar soni 38 taga yetdi. Avvalroq ushbu ro‘yxatga Turkmaniston ham kiritilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!