Ulkan kit oilaviy qayiqqa urilib, cho‘ktirib yubordi

1 daqiqa o'qish146
Ulkan kit oilaviy qayiqqa urilib, cho‘ktirib yubordi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHning Alyaska shtatidagi Glacier Bay hududida ulkan kit oila uxlab yotgan 1960-yillarda ishlab chiqarilgan yelkanli qayiqqa urilib, uni cho'ktira boshlagan.
  • Ota-ona va ularning 23 yoshli o'g'li qutqaruv jiletlarini kiyib, qorong'ida taxminan 130 yard, ya'ni 120 metr masofani suzib o'tib, qirg'oqqa chiqqan.

AQSHning Alyaska shtatida bir oila uchun oddiy tun kutilmaganda hayot-mamot kurashiga aylandi. Ota-ona va ularning 23 yoshli o‘g‘li kemada uxlab yotgan paytda ulkan kit qayiqqa urilib, uni cho‘ktira boshlagan.

Voqea Glacier Bay hududida, taxminan soat 23:30 atrofida sodir bo‘lgan. Oila a’zolari to‘satdan kuchli zarba va g‘aroyib gumburlash ovozini eshitgan. Shundan so‘ng 1960-yillarda ishlab chiqarilgan yelkanli qayiq tezlik bilan suvga botishni boshlagan.

Vaziyatni anglagan oila a’zolari vaqtni boy bermay, qutqaruv jiletlarini kiyib, qorong‘i tun bag‘rida qirg‘oq tomon suzishga majbur bo‘lgan. Ular taxminan 130 yard, ya’ni 120 metrga yaqin masofani bosib o‘tib, quruqlikka chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar oila qirg‘oqda qolgan. Ular sovuq tunni o‘tkazish uchun olov yoqib, yordam kutishgan.

Oila a’zolari o‘sha kuni ertalab hududda ulkan kitni ko‘rgani uchun qayiqqa aynan shu jonivor urilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Biroq bu faqat gumon emasligi keyinroq ma’lum bo‘lgan.

Qayiqni tekshirish jarayonida undan kit terisiga o‘xshash kichik parcha topilgan. Biologlar ham ushbu parcha haqiqatan kitdan ajralib chiqqanini tasdiqlagan.

Mutaxassislar kit qayiqqa ataylab hujum qilmagan, balki suv ostida baliqlarni quvish jarayonida kemaning oldiga chiqib qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Eng muhimi, ushbu to‘qnashuv kit uchun ham halokatli bo‘lmagan ko‘rinadi. Biologlarning dastlabki bahosiga ko‘ra, ulkan dengiz jonivori jiddiy jarohat olmagan bo‘lishi mumkin.

Hozirda oilaning 1960-yillarda ishlab chiqarilgan yelkanli qayig‘i ta’mirlanmoqda. Ammo bir necha daqiqada uy-joy vazifasini bajarayotgan kemadan qorong‘i suvda qochishga majbur bo‘lgan oila bu tunni uzoq vaqt unutmasa kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?