Sud binolarida aqlli ko‘zoynaklardan foydalanish taqiqlandi

1 daqiqa o'qish131
Sud binolarida aqlli ko‘zoynaklardan foydalanish taqiqlandi

Angliya va Uelsdagi jinoiy, fuqarolik va oilaviy sud binolariga Meta kompaniyasining aqlli ko‘zoynaklarini olib kirish rasman taqiqlandi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning sudlar xizmati (HMCTS) ma’lum qildi.

Yangi qoidaga ko‘ra, bunday aqlli ko‘zoynaklar sud binosiga kirishda tashrif buyuruvchilar va sud ishtirokchilaridan olib qo‘yiladi. Qurilmalar egalarga faqat sud binosidan chiqish vaqtida qaytariladi.

Sud idorasi vakillari Buyuk Britaniya sudlarida maxsus ruxsatsiz foto va video tasvirga olish qonun bilan taqiqlanganini eslatdi. Bunday harakat sudni hurmat qilmaslik sifatida baholanishi mumkin.

Oddiy smartfonlardan foydalanish esa kamera va audioyozuv funksiyalari o‘chirilgan holatda ruxsat etilgan. Meta'ning aqlli ko‘zoynaklarida esa kameralar ko‘zoynak ramkasiga o‘rnatilgani sababli, atrofdagilar bilmagan holda yashirin tasvirga olish imkoniyati mavjud.

Taqiq joriy etilishiga yana bir voqea ham sabab bo‘lgan. Suddagi jarayon ishtirokchilaridan biri savol-javob vaqtida yashirin ravishda yordam olish uchun aqlli ko‘zoynaklardan foydalanishga uringan.

Bundan avval AQSHning Nyu-York shtatida ham sud zallarida aqlli ko‘zoynaklardan foydalanish to‘liq taqiqlangan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?