Olmaotada mo‘jiza: 9-qavatdan qulagan ayol bir haftada oyoqqa turdi

1 daqiqa o'qish147
Olmaotada mo‘jiza: 9-qavatdan qulagan ayol bir haftada oyoqqa turdi

Olmaota shahar Jamoat salomatligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, 9-qavatdan qulagan ayol shifoxonaga og‘ir va bir necha turdagi jarohatlar bilan olib kelingan.

Unda bosh miya jarohati, ko‘krak qafasi shikastlanishi, qovurg‘alarning ko‘plab sinishi, pnevmotoraks va gemotoraks, shuningdek, tos suyaklari, son va yelka suyagi sinishi aniqlangan.

Bemor shifoxonaga olib kelinganida komada va travmatik shok holatida bo‘lgan. Shifokorlar uning ahvolini o‘ta og‘ir deb baholagan. Shifoxonaga yetkazilishidan avval tez yordam xodimlari bemorni intubatsiya qilib, shokka qarshi davolash choralarini boshlagan.

Kasalxonada ayolga zudlik bilan zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uni davolashga anesteziolog-reanimatologlar, travmatologlar, neyroxirurglar, jarrohlar, terapevtlar, kardiologlar, shuningdek, psixolog va psixiatrlar jalb qilingan.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bemorga bir necha marta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Dastlab yuqori va pastki oyoq-qo‘llaridagi jarohatlar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida jarrohlik amaliyoti bajarilgan. Oradan ikki kun o‘tib esa tos suyaklarida operatsiya o‘tkazilgan.

Eng e’tiborlisi, shifoxonaga yotqizilganidan yetti kun o‘tib bemorni asta-sekin oyoqqa turg‘izish boshlangan. Yana uch kundan so‘ng esa u qoniqarli holatda shifoxonadan chiqarilgan.

Endilikda ayol ambulator sharoitda davolanishni davom ettiradi va reabilitatsiya kursidan o‘tadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?