Stirling dvigatelida ishlaydigan noyob steampunk kompyuter yaratildi

2 daqiqa o'qish159
Stirling dvigatelida ishlaydigan noyob steampunk kompyuter yaratildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Elektr tarmog'i va akkumulyatorlarga ehtiyoj sezmaydigan, to'liq avtonom mikrokompyuter mitti Stirling dvigateli yordamida haroratlar farqini elektr energiyasiga aylantiradi.
  • Reddit tarmog'idagi PickentCode laqabli foydalanuvchi qurilmani qariyb bir oyda yaratib, uni yog'och korpus, ESP32 C3 mikrokontrolleri, 128 x 64 piksellar aniqligidagi 2,42 dyuymli monoxrom OLED-displey va 16 ta tugmadan iborat klaviatura bilan jihozlagan.

Elektr tarmogʻi va akkumulyatorlarga mutlaqo ehtiyoj sezmaydigan, toʻliq avtonom tarzda ishlovchi oʻziga xos mikrokompyuter yaratildi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, Reddit tarmogʻining PickentCode laqabli foydalanuvchisi dizayni hamda ishlash prinsipi jihatidan chinakam muhandislik moʻjizasiga aylangan steampunk uslubidagi noyob qurilmani yigʻishga muvaffaq boʻlgan. Ushbu loyiha nafaqat texnik ijodkorlik namunasi, balki muqobil energiya manbalaridan foydalanishning qiziqarli namunasidir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Mazkur gʻayrioddiy qurilmaning asosini haroratlar farqini mexanik harakatga, soʻngra generator yordamida elektr energiyasiga aylantirib beruvchi mitti Stirling dvigateli tashkil etadi. Loyiha muallifining taʼkidlashicha, ushbu noyob kompyuterni loyihalashtirish va yigʻish uchun qariyb bir oy vaqt sarflangan. Barcha ishlar dastlab Blender dasturida modellashtirishdan boshlanib, yakunda yogʻochdan tayyorlangan puxta korpusga ulangan.

Style steampunk va muhandislik yechimlari

Qurilmaning tashqi koʻrinishi ham alohida eʼtiborga loyiq. Yogʻoch korpusning yon panellariga Robert Stirling portreti hamda uning 1816 yilda yaratilgan original dvigateli sxemasi lazer yordamida nafis qilib oʻyib tushirilgan. Shuningdek, elektronika qismlari va klavishlar 3D-printerda chop etilgan boʻlsa, dizaynga oʻziga xos koʻrk berib turuvchi dekorativ naychalar eski dush shlangidan yasalgan.

Qurilma ichki qismining texnik jihozlanishi ham ixchamligi bilan ajralib turadi. Uning boshqaruvi ESP32 C3 mikrokontrolleriga tayanadi. Shuningdek, kompyuter 128 x 64 piksellar aniqligiga ega 2,42 dyuymli monoxrom OLED-displey hamda 16 ta tugmadan iborat klaviatura bilan jihozlangan. Generator ishlab chiqarayotgan kuchlanish kondensatorlar yordamida barqarorlashtirilib, jarayon analog voltmetr orqali nazorat qilib boriladi.

Energiya taqchilligi va imkoniyatlar

Loyihani amalga oshirishdagi eng asosiy qiyinchilik Stirling dvigatelining oʻta past quvvatga egaligi boʻlgan. Manbaga koʻra, dvigatel atigi 150 mVt quvvat ishlab chiqaradi. Shu sababli muallif energiya tejamkorligini taʼminlash uchun bir qator cheklovlarga borishga majbur boʻlgan:

  • Wi-Fi va Bluetooth modullari toʻliq oʻchirilgan
  • Ekran yorqinligi sezilarli darajada pasaytirilgan
  • ESP32 protsessorining chastotasi ish jarayonida 80 MHz gacha, kutish rejimida эса 10 MHz gacha cheklangan
Barcha qatʼiy cheklovlarga qaramamay, mitti kompyuter toʻliq ishlaydigan holatda. Unda Tetris, Snake va Pong kabi oʻyinlarni ishga tushiruvchi CHIP-8 virtual mashinasi muvaffaqiyatli ishlamoqda. Buning ustiga, qurilmada foydalanuvchiga oʻz dasturlarini kiritish va ularni bevosita ushbu gʻayrioddiy gadjetda bajarish imkonini beruvchi maxsus kod muharriri ham nazarda tutilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?