8 kunlik chaqaloq oyog‘idan olma kattaligidagi o‘sma olib tashlandi

1 daqiqa o'qish420
8 kunlik chaqaloq oyog‘idan olma kattaligidagi o‘sma olib tashlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Qirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqning oyog‘idagi olma kattaligidagi tug‘ma o‘sma murakkab jarrohlik amaliyoti orqali olib tashlandi.
  • Operatsiya Qirg‘iziston Milliy onalik va bolalikni muhofaza qilish markazida bolalar va neonatal jarrohlar ishtirokida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
  • Mutaxassislar chaqaloq organizmining nihoyatda nozikligi va asoratlar xavfi yuqoriligini inobatga olib, muolajani katta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirdi.

Qirg‘izistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqda aniqlangan yirik o‘sma murakkab jarrohlik amaliyoti orqali olib tashlandi. Atigi 8 kunlik chaqaloq tug‘ma o‘sma bilan dunyoga kelgan bo‘lib, shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilishga qaror qilgan.

Jarrohlik amaliyoti Qirg‘iziston Milliy onalik va bolalikni muhofaza qilish markazida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Chaqaloqning oyog‘ida joylashgan, olma kattaligidagi o‘sma mutaxassislar tomonidan olib tashlangan.

Bu haqda markazning Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘limi mudiri Sulton Stambekov ma’lum qildi, deya xabar berdi Akipress.

Shifokorning ta’kidlashicha, ayrim o‘smalar tug‘ma xususiyatga ega bo‘lib, ular homiladorlik davrining o‘zidayoq yoki chaqaloq tug‘ilganidan keyingi dastlabki kunlarda aniqlanishi mumkin. Ayniqsa, yangi tug‘ilgan bolalarda bunday holatlar tezkor, aniq va ehtiyotkor tibbiy yondashuvni talab qiladi.

Mazkur operatsiyada bolalar va neonatal jarrohlar ishtirok etgan. Mutaxassislar chaqaloqning hali atigi 8 kunlik ekani, organizmi nihoyatda nozikligi va jarrohlik jarayoni bilan bog‘liq asoratlar xavfi yuqoriligini inobatga olgan holda, muolajani katta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirgan.

Stambekovning so‘zlariga ko‘ra, bolalar onkologiyasi faqat kimyoterapiya bilan cheklanib qolmaydi. Bu yo‘nalishda jarrohlik, intensiv terapiya, anesteziologiya, neonatologiya va zamonaviy diagnostika kabi bir qator tibbiy sohalarning hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

Shifokor ushbu holatni chaqaloq uchun jiddiy sinov sifatida baholagan.

“Atigi 8 kunlik — va bu allaqachon hayot uchun katta kurash”, — deb yozgan Sulton Stambekov.

Murakkab operatsiyaning muvaffaqiyatli yakunlangani esa chaqaloq salomatligi uchun muhim qadam bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?