Germaniya aeroportida Meksikalik erkakning chamadonidan 92 ta ilon va kaltakesak topildi

Germaniya aeroportida Meksikalik erkakning chamadonidan 92 ta ilon va kaltakesak topildi

Germaniyaning Kyoln-Bonn aeroportida noodatiy holat aniqlandi. Bojxona xodimlari 45 yoshli Meksika fuqarosining chamadonini tekshirish vaqtida jami 92 ta sudralib yuruvchini topdi. Ular orasida 37 ta ilon va 55 ta kaltakesak bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, erkak bojxona xodimlarida shubha uyg‘otganidan so‘ng to‘xtatilgan. Uning kokain ta’sirida ekani aniqlangach, yuklari batafsil ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv davomida jonivorlar shampun va krem idishlari, boshqa plastik idishlar hamda paypoqlar ichiga yashirilgani ma’lum bo‘lgan. Topilgan sudralib yuruvchilar orasida shaqildoq ilonlar va iguanalar ham borligi aytilmoqda.

Mazkur hodisa aeroportlarda noqonuniy hayvon tashish va yovvoyi tabiat vakillarining xavfsizligini ta’minlash masalalariga yana bir bor e’tibor qaratdi. Jonivorlarning keyingi taqdiri va holat yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar