Tokioda erkakning chamadonidan 200 ta kaltakesak chiqdi

1 daqiqa o'qish160
Tokioda erkakning chamadonidan 200 ta kaltakesak chiqdi

Tokiodagi Haneda xalqaro aeroportida bojxona xodimlari kutilmagan holatga duch keldi. Meksikalik 23 yoshli erkakning chamadoni tekshirilganda, kiyimlar orasiga yashirilgan qariyb 200 ta tirik kaltakesak aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Daniel Isaak Velasko Baltazar sudralib yuruvchi jonzotlarni Janubiy Koreyadan Yaponiyaga tegishli hujjatlarsiz olib kirishga uringan. Tokio politsiyasi erkak jonzotlarni ruxsatsiz mamlakatga olib kirganini tan olganini ma’lum qildi.

Bojxona xodimlari chamadonni ochganida, kaltakesaklar 22 juft paypoq ichiga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Ayrim jonzotlar esa futbolkalarga o‘ralgan holda yashirilgan. Afsuski, ulardan biri o‘lik holda topilgan.

Tekshiruv davomida jonzotlarning to‘qqiztasi Meksika alligator kaltakesagi ekani aniqlangan. Mazkur noyob tur faqat Meksikaning tog‘li o‘rmonlarida uchraydi va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shu sababli ularni xalqaro chegaradan olib o‘tish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi.

Gumondor tergovchilarga kaltakesaklarni Meksikada juda arzon narxda sotib olganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir jonzot uchun 560–750 iyena atrofida pul to‘lagan. Biroq Yaponiyada ularning narxi keskin yuqori bo‘lib, bitta kaltakesak taxminan 100 ming iyenagacha sotilishi mumkin.

Politsiya mazkur holatni oldindan olingan xabar asosida aniqlagan. Iyul oyining oxirida huquq-tartibot idoralariga meksikalik fuqaro amfibiya va sudralib yuruvchilar ko‘rgazmasi-savdosi uchun noyob jonzotlarni noqonuniy olib kirmoqchi ekani haqida ma’lumot kelib tushgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?