21:55 / 31.07.2019
2 399

«Bu yerda kim boshliq?» Zelenskiy Cherkassk shahridagi qabuldan norozi bo‘ldi

«Bu yerda kim boshliq?» Zelenskiy Cherkassk shahridagi qabuldan norozi bo‘ldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning Cherkassk oblastidagi deputatlar bilan uchrashuviga barcha xohlovchilar kiritilmaganidan norozi bo‘ldi.

U o‘z nutqini mahalliy amaldorlarni tanqid qilishdan boshladi.
"Bu yerga kim kirishi, kim kiritilmasligi qay yo‘sinda aniqlanadi? Ayting-chi, menda shunday savol bor. Bu yerda kim boshliq?" – deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi 112 Ukraina telekanali.

Shuningdek Zelenskiyni oblast prokurorini poraxo‘rlikda ayblagan deputat Mixail Mushiyekning so‘zlari ham hayratga solgan.
"Siz so‘zni prokuror poraxo‘r ekanligidan boshladingizmi? Bu hech qaysi oblast uchun yangilik emas", - degan u.

Zelenskiy mahalliy amaldorlarni bir necha marta tanqid qilgan. Jumladan, iyul oyi boshida Borispol shahar kengashi kotibi Yaroslav Godunokning ilgari sudlangan ekanligini bilganidan so‘ng uni yig‘ilishdan haydab chiqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Bu yerda kim boshliq?» Zelenskiy Cherkassk shahridagi qabuldan norozi bo‘ldi