Fotih Sulton Mehmet Konstantinopol (Istanbul)ni fath etish rejalarini tuzardi. Hali 21 yoshda bo‘lgan navqiron sulton Istanbul fathiga kirishishdan oldin o‘z xalqini imtihon qilib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Tongning ilk soatlarida qiyofasini o‘zgartirib, o‘sha vaqtlardagi Usmoniylar saltanatining bosh shahri bo‘lgan Edirnedagi bozorga bordi. Bozorning bir tarafidan kirib xarid qilishga kirishdi.
Birinchi do‘konga kirib, bir narsa xarid qildi. Ikkinchi narsani olmoqchi bo‘lganida sotuvchi ko‘nmadi. Sulton ham o‘z o‘rnida mol bo‘la turib nima sababdan bermayotgani haqida so‘radi. Sotuvchi: “Men senga bu narsani sotib bay’ ochdim, ikkinchi oladigan narsangni qarshimdagi do‘kondan ol, chunki u hali savdo qilgani yo‘q”, deb javob qaytardi.
Fotih bu holdan mamnun bo‘lgancha ikkinchi do‘konga kirdi. U yerdan bir mol olgach, ikkinchisini so‘rasa, u ham bermay qo‘shni do‘konga yubordi. Shu yo‘sinda sulton Mehmet butun bozorni kezib chiqdi va har kirgan do‘konida avvalgidek muomalaga guvoh bo‘ldi. Olgan narsalarini madrasadagi tolibi ilmlarga yubordi.
Sulton saroyga qaytarkan, Allohga shukur sajdasi qilib, bunday dedi: “Ey Robbim, senga hamdlar bo‘lsin. Menga shunday bir-birini o‘ylaydigan millat ehson etding. Men bu ummat (insonlar) bilan nafaqat Vizantiyani, balki dunyoni fath etaman”, dedi va Konstantinopolni fath etish rejalarini tuzishga kirishdi.
51 kun davom etgan qamal bilan Vizantiya taslim bo‘ldi. Istanbul fath etilganidan so‘ng poytaxt Edirnadan Istanbulga ko‘chirildi.
Abdurazzoq al-Aziziyning feysbukdagi sahifasidan
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin