Qumlar ostida yashiringan Vizantiya shahri Misrda topildi

1 daqiqa o'qish7.5K
Qumlar ostida yashiringan Vizantiya shahri Misrda topildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Misrlik arxeologlar Liviya sahrosidagi Daxla vohasida Vizantiya imperiyasi davriga oid IV asr shahrining qoldiqlarini aniqladilar.
  • Qazishmalar davomida bosh ko‘chalar, ibodatxona, mudofaa inshootlari, turarjoylar, shuningdek, turli tangalar va ro‘zg‘or buyumlari topildi.
  • Shuningdek, Aleksandriya yaqinidagi Marina-el-Alameyn hududida 11 tasi qoyalarga o‘yilgan va 7 tasi yer ustida qurilgan jami 18 ta qadimiy maqbara kashf etildi.

Misrda arxeologlar mamlakat tarixini yanada chuqurroq ochib beruvchi muhim topilmalarni aniqladi. Mamlakatning g‘arbidagi Liviya sahrosida joylashgan Daxla vohasida Vizantiya imperiyasi davriga mansub IV asr shahrining qoldiqlari topildi. Shuningdek, Aleksandriya yaqinidagi Marina-el-Alameyn hududida 18 ta qadimiy maqbara aniqlangan. Bu haqda Associated Press mamlakat Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Daxla vohasida shimol-janub va sharq-g‘arb yo‘nalishida kesishuvchi ko‘chalarga ega qadimiy shahar tarhi aniqlangan. Bosh ko‘chalar atrofida ibodatxona, ikki kuzatuv minorasi, qalin mustahkam devorli mudofaa inshootlari hamda gumbazli turarjoy binolari qoldiqlari topilgan. Arxeologlardan biri diakon (ruhoniy yordamchisi) uyi sifatida baholangan inshoot ibodatxona qurilgunga qadar cherkov vazifasini ham bajarganini ta’kidlamoqda.

Qazishmalar davomida non pishirish pechlari, oshxona anjomlari, mahsulotlarni maydalash uchun ishlatilgan tosh qurollar ham topildi. Shuningdek, Vizantiya imperatorlari tasviri tushirilgan, lotincha yozuvlar va nasroniylik ramzlari aks etgan yaxshi saqlangan bronza tangalar, shuningdek, Rim imperatori Konstansiy II (337–361 yillar) hukmronligi davriga mansub oltin tangalar ham arxeologlar e’tiborini tortdi.

Marina-el-Alameyn hududida esa 18 ta qadimiy maqbara — 11 tasi qoyalarga o‘yilgan, 7 tasi yer ustida qurilgan qabrlar kashf etildi. Bu yerdan sopol idishlar, amforalar, chiroqlar, likoplar, qurbongohlar, ohaktosh kosalar, dafn marosimida marhumlarning og‘ziga qo‘yilgan to‘rtta oltin tanga, ichida skelet qoldiqlari saqlangan 2,5 metrli granit sarkofag hamda gipsdan yasalgan sfinks haykalining parchalari ham topildi.

Mutaxassislar ushbu topilmalar Misr hududida Vizantiya va Rim davridagi hayot, shaharsozlik, diniy an’analar va dafn marosimlarini yanada yaxshiroq o‘rganish imkonini berishini ta’kidlamoqda. Bu kashfiyotlar mamlakatning boy arxeologik merosini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?