
Foto: Twitter
Braziliyadagi «Pakaembu» stadioni koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishga mo‘ljallangan ochiq osmon ostidagi shifoxonaga aylantirilmoqda.
Associated Press’ning xabar qilishicha, 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion maydonida 200 dan ortiq xonaga ega vaqtinchalik shifoxona barpo etiladi. Qurilish ishlari 10 kun ichida tugatilishi kutilmoqda.
«Korintians», «Palmeyras» va «San-Paulu» jamoalariga tegishli ushbu stadionning yonida San-Paulu shahridagi bir nechta yirik kasalxonalar joylashgan.
Ta’kidlanishicha, futbol bo‘yicha 2014 yilgi Jahon Chempionatini qabul qilgan deyarli barcha stadion maydonlari vaqtinchalik kasalxonaga aylantiriladi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter
Atender as pessoas no combate ao Coronavírus. Essa é prioridade do momento e, para alcançar este objetivo, estão sendo instalados 2 mil leitos de baixa complexidade no Pacaembu e no Anhembi. #SPContraOCorona pic.twitter.com/axPqeY9mLV
— Cidade de São Paulo (@prefsp) March 22, 2020
24 mart holatiga ko‘ra, Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 1900 kishiga yaqinlashgan. 34 kishi vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar