Foto: chaiyapruek/Depositphotos
Sayyoramiz bizdan yordam kutishdan charchadi chog‘i, o‘zini o‘zi davolashni boshlayapti. Yer yuzini tobora qoplab borayotgan plastik chiqindilar odamzodga qo‘rqinchli kelajakni va’da qilayotgandek. Biroq insoniyat hozircha bu muammoga yetarli e’tibor qaratmayapti. Okeanlarda plastik chiqindilardan iborat katta-katta orollar vujudga kelib, kun sayin kengayib boryapti. Vaziyat tahlikali tus olayotganini ko‘pchilik his qilmayapti. Shuning uchun ham ona tabiat o‘z himoyasi uchun kurashni boshlab yuborgan.
Olimlar 5 yil avval Yaponiyadagi plastik chiqindilarni qayta ishlash zavodi hududidagi tuproqdan olingan namunalarda mikroblarning yangi turini kashf qilishdi – ular plastik bilan oziqlanar ekan. Hozirda bunday mikroorganizmlarning yashash makoni tobora kengayib boryapti.
Mikroblar o‘zidan chiqaradigan fermentlar yordamida plastikni chiritishga qodir. Olimlar okeanlar, dengizlar va quruqlikdagi bunday mikroblar DNKsini fermentlar xossasini o‘rganish uchun tadqiq qildilar. O‘rganishlar natijasida 10 turdagi plastikni yemira oladigan 30 mingga yaqin ana shunday fermentlar borligi aniqlandi.
Olingan namunalar bunday fermentlar mavjudligi, zichligi va miqdori quruqlik yoki suv havzasining qanchalik zararlanganligiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. O‘rta yer dengizi va Tinch okeanining janubiy sohillarida bunday fermentlar ko‘pligi aniqlangan, chunki aynan shu hududlarda plastik chiqindilar ko‘lami juda katta.
«Tadqiqotlarimiz modellari natijasida hududning zararlanganlik darajasiga ko‘ra unga qarshi turadigan mikrobning kamroq yoki ko‘proq ekanligiga ishonch hosil qildik. Hududda plastik qancha ko‘p bo‘lsa, uni yeydigan biomaterial ham ko‘pligini ko‘rish mumkin. Shu tariqa tabiat insoniyat unga nisbatan o‘tkazayotgan bosimni yengillashtirishga intilyapti», — deydi tadqiqot muallifi Aleksey Jeleznyak.
Biroq olimlar faqatgina bioorganizmlarga tayanib qolmaslik zarurligini ta’kidlashmoqda. 2018 yilda amerikalik tadqiqotchilar plastmassani 20 foizga ko‘proq va tezroq chiritib yuboradigan sun’iy fermentni ixtiro qilishgandi. Oradan ikki yil o‘tib, ular fermentni yanada kuchaytira olishdi – endilikda bu sun’iy organizmlarning foydalilik koeffitsiyenti 6 baravarga ko‘proq, ya’ni ular plastik chiqindilarni avvalgidan tezroq «yeb qo‘yishadi». Alalxusus, bunday fermentlarni amalda qo‘llash uchun ko‘proq o‘rganishlar va tadqiqotlar talab etiladi, deyiladi 4pda.to saytida chop etilgan maqolada. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi