Rossiyaning eng badavlat oligarxlari Petr Aven, Aleksey Mordashov, Oleg Deripaska, Roman Abramovich, Mixail Fridman va Alisher Usmonov (chapdan o‘ngga)
Foto: Bloomberg
Bloomberg nashri rossiyalik milliarderlar va ularga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar, Ukrainaning yadro qurollaridan voz kechgani, Putin yadroviy urush bilan tahdid qilayotgani, Rossiyada moliyaviy urush bo‘lish xavfi to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Urush boshlangandan keyin Ukriana prezidenti Vladimir Zelenskiy urush Rossiyani sivilizatsiyalashgan duyodan ajratib qo‘yishini aytgan edi.
1991 yilda SSSR parchalangandan keyin, uning hududidagi mamlakatlarda siyosiy erkinlikka bo‘lgan intilish avj ola boshladi. O‘sha paytda Ukraina dunyodagi uchinchi yirik yadroviy zahiraga ega edi. Bu esa Ukrainani Rossiya uchun Moskvadan mustaqilligini e’lon qilishining birinchi kunidan boshlab geosiyosiy xavf muammosiga aylantirdi. 1994 yilda Ukraina AQSH, Buyuk Britaniya va Rossiyaning kafolatlari evaziga yadro qurollaridan voz kechdi.
Ukraina Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotiga yoki Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi kerakmi? Sharq yoki G‘arbga intilishi haqidagi ichki bahslar uning siyosatida markaziy rolni egalladi va 2004 yildan beri ikki inqilobga olib keldi. Putin bu bo‘linishdan foydalangan holda 2014 yilda Qrimni anneksiya qildi.
Bir paytlar Rossiyadagi eng yirik xorijiy investor bo‘lgan Bill Brauder bir necha yillardan beri Putin haqida ogohlantirib keladi. 2009 yilda uning rossiyalik advokati Sergey Magnitskiy Moskva qamoqxonasida tibbiy yordamdan mahrum bo‘lib vafot etgan. U rus amaldorlari bilan bog‘liq soliq firibgarligini fosh qilgan. 2005 yilda Rossiyaga kirishi taqiqlangan va «milliy xavfsizlikka tahdid» deb ataladigan Brauderning aytishicha, Putinni jazolashning eng yaxshi usuli uning pulini ushlab turgan rus oligarxlarini nishonga olishdir.
AQSH va Yevropa Ittifoqi ayni damda xuddi shunday qilmoqda.
Kremlning marhamati bilan boylik orttirgan oligarxlarni sanksiya qilish Putinni larzaga keltirdi. U G‘arbni «yolg‘on imperiyasi» deb atadi. Keyinchalik Putin Rossiya mudofaa vaziri va bosh shtab qo‘mondoniga Rossiya to‘xtatuvchi kuchlarini maxsus jangovar navbatchilik holatiga o‘tkazishni buyurdi. To‘xtatuvchi kuchlar mamlakat yadroviy kuchlarini ham o‘z tarkibiga oladi.
- Biz uning — Axillesning tovonini topdik. Oligarxlarni sanksiya qildik, Putin esa yadroviy urush bilan tahdid qilmoqda, — deydi Bill Brauder.
Hozirda Buyuk Britaniya Rossiyadan tashqaridagi aktivlari bilan bir hovuch eng badavlat oligarxlarni jazolagan Yevropa Ittifoqiga qadar bormadi. Ular orasida metall magnat Alisher Usmonov, bank milliarderlari Mixail Fridman va Petr Aven, po‘lat magnati Aleksey Mordashov bor.
Bloomberg News nashriga bergan bayonotida Fridman va Aven Rossiyani urushni zudlik bilan tugatishga chaqirdi, ammo ular Putinni bevosita tanqid qilishdan qochdi. 2018 yildan beri AQSH sanksiyalari ostida qolayotgan alyuminiy giganti milliarder Oleg Deripaska ham Putinni tilga olmasdan tinchlik muzokaralariga chaqirdi. 2 mart kuni Roman Abramovich qariyb yigirma yildan beri egalik qilgan «Chelsi» futbol klubini sotayotganini aytdi. Klub 3 mlrd funt sterlingga sotilishi kutilmoqda. Abramovich savdodan tushgan sof daromad bilan urush qurbonlariga foyda keltirish uchun xayriya jamg‘armasini tashkil etishini aytdi. Britaniyalik deputat Kris Brayantning so‘zlariga ko‘ra, u Londondagi mulklarini ham sotadi. Hozircha sanksiyaga uchramagan Abramovich Ukraina rasmiylari bilan bog‘langanidan keyin Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga vositachilik qilmoqchi, dedi uning matbuot kotibi.
Yevropa Ittifoqi bir qancha rossiyalik milliarderlar qatori Alisher Usmonovga ham sanskiyalar qo‘lladi. Shundan keyin Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi lavozimidan ketdi. Keyinchalik esa Angliyaning «Everton» futbol klubi Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan barcha kompaniyalar bilan homiylik shartnomalarini bekor qilganini e’lon qildi. Germaniyada esa Usmonovning 600 mln dollarlik yaxtasi xatlovga olindi.
G‘arbning strategiyasi jazolarni kuchaytirish orqali Rossiyani yanada izolyatsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida Rossiya pullari uchun boshpana bo‘lgan Monako Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘yishi va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga rioya qilishini e’lon qildi. Shveysariya ham xuddi shunday qilish uchun o‘zining tarixiy betarafligidan voz kechdi. Yevropa Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopdi va 7 ta rus bankini, shu jumladan, mamlakatning ikkinchi eng yirik kreditori «VTB»ni xalqaro moliya tizimi bo‘lgan SWIFT’dan uzib qo‘ydi.
BP, Exxon, Shell va boshqa G‘arb energetika kompaniyalari Rossiyaga o‘nlab yillik sarmoyalarini to‘xtatmoqda. Daimler Truck Holding va Volvo Car kabi avtomobil va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilari ham Rossiya bilan aloqalarni uzmoqda. Rossiyani tark etadigan kompaniyalar ro‘yxati kundan kunga kengayib bormoqda. Buning ortidan Rossiya 30 yillik investitsiyalarni yo‘qotmoqda.
Yevroittifoq va AQSH Rossiyaning markaziy banki bilan operatsiyalarni taqiqlab qo‘ydi. Bu esa uning valyutani himoya qilish uchun 643 mlrd dollar zahiradan foydalanishiga to‘sqinlik qiladi. Rubl qulashda davom etmoqda. 1998 yili Rossiyada moliyaviy inqiroz — defolt bo‘lgan edi. Ba’zi tahlilchilarning fikricha, bu yana sodir bo‘lishi mumkin. 3 mart kuni Rossiyaning kredit reytingi Moody’s Investors Service va Fitch Ratings tomonidan nomaqbul darajaga tushirildi.
Qo‘rquv shundaki, sanksiyalar sababli Putin keskinroq harbiy harakatlarga o‘tishi mumkin.
- Putin AQSH va Yevropa Ittifoqi xo‘rlashlarini yaxshi qabul qilmaydi, — deydi Brauder.
Rossiyalik milliarderlar1, Qo‘llanilgan sanksiyalar1, Putin yadroviy urush1, Tahdid qilish1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?