Foto: Wday
Ortiqcha ovqatlanish, yurib gazak iste’mol qilish, stress va boshqa omillar jiddiy muammo — atoniya (mushak va to‘qimalar taranglashishi)ga olib kelishi mumkin. Bunday vaqtda oshqozon og‘irlashib qoladi, ya’ni ovqat hazm bo‘lmaydi. Kasallik boshqa alomatlar — shish, ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan birga kuzatiladi, deb yozadi Wday.
Oshqozonda og‘irlik paydo bo‘lishining alomat va sabablari
Atoniya — bu tashqi va ichki omillar majmuasi ta’sirida yuzaga keladigan kasallik. Bunga quyidagilar kiradi:
- zararli odatlar: chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish;
- yugurib ovqatlanish;
- ortiqcha ishlash;
- haddan tashqari katta porsiyalarda ovqat iste’mol qilish;
- qattiq parhezlar;
- doimiy stress;
- asab tizimining beqarorligi;
- yuqtirilgan infeksiyalar.
Oshqozondagi og‘irlik kattalarda ham, kichik bolada ham paydo bo‘lishi mumkin. Kasallikka moyil bo‘lganlar astenik tana turiga ega bo‘lganlar, shuningdek, qattiq ishlaydigan va doimiy stressni boshdan kechiradigan odamlardir.
Muammoning birinchi, eng xarakterli alomati — bu og‘irlik hissi. Bemorga oziq-ovqat hazm bo‘lmagandek tuyiladi. Atoniyaning boshqa belgilari asta-sekin qo‘shiladi:
- qorin bo‘shlig‘ida og‘riq;
- og‘iz bo‘shlig‘ida yoqimsiz hid;
- hiqichoq;
- ishtahaning yo‘qolishi;
- shish;
- harorat ko‘tarilishi.
Agar ushbu alomatlar doimo bezovta qilsa, o‘zboshimchalik bilan davolamaslik kerak. Noqulaylikning asosiy sababini aniqlaydigan shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Oshqozonda og‘irlik paydo bo‘lsa, nima qilish kerak?
Atoniya bilan kurashishning eng ishonchli usuli — bu parhezga rioya qilishdir. Shu tarzda shifoxona va dori-darmonlarsiz salomatlikni qayta tiklash mumkin.
Ushbu ko‘rsatmalarga amal qilish tavsiya etiladi:
- kichik qismlarda ovqatlanish, har 1,5-2 soatda bir marta;
- gaz hosil bo‘lishini rag‘batlantiradigan mahsulotlarni ratsiondan chiqarib tashlash;
- pyure yoki suyuq taomlarga ustunlik berish;
- ratsionga sho‘rvalarni kiritish.
An’anaviy tibbiyot oshqozonni qanday ishlashi haqida foydali maslahatlar beradi. Misol uchun har ovqatlanishdan oldin bir osh qoshiq quruq qushqo‘nmas giyohini iste’mol qilish mumkin. Yana bir samarali retsept — oregano qaynatmasi bo‘lib, 10 gramm dorivor o‘simlik 200 ml qaynoq suvga quyiladi va 30 daqiqa davomida dimlanadi. Olingan suyuqlik 1 osh qoshiqdan nonushta va kechki ovqatdan oldin ichilishi mumkin.
Oshqozon nima uchun og‘irlashib qolganini faqat shifokor aniqlay oladi. Buning uchun u bemorni tekshirish, so‘rov va laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazadi. Agar xalq tabobati va parhez yordam bermasa, vaqtni behuda sarflamaslik kerak, aksincha samarali davolanishni buyurishi mumkin bo‘lgan mutaxassis bilan bog‘lanish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi