Qisqa muddatli kunduzgi uyquning organizmning kognitiv funksiyalarining yomonlashuvi jarayonini sekinlashtiradi, deya qayd etadi Sleep Health mualliflari. Ma’lum bo‘lishicha, kunduzi 20-40 daqiqa ichida uxlash har qanday yoshda, ayniqsa qariyalar uchun foydali bo‘lar ekan.
Xabarda aytilishicha, bir guruh mutaxassislar 40 yoshdan oshgan va 70 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ish faoliyatini o‘rgangan. Birinchidan, olimlar irsiyat bilan kunduzgi uyquga moyillik mavjudligi haqidagi farazni isbotlashgan.
Ikkinchidan, mutaxassislar tadqiqot davomida kunduzi uxlash odati va miya hajmining oshishi o‘rtasida muhim bog‘liqlikni kashf qilishdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tungi uyqu buzilishiga qarshi kurashish kerak, ammo kunduzi dam olish bilan hech bo‘lmaganda ozgina o‘rin to‘ldirilsa, inson miyasi demensiyaning (aqlning zaiflashishi) turli ko‘rinishlaridan yaxshiroq himoyalangan bo‘ladi.
"Qisqa uyqu miya hajmini saqlab qolishga yordam beradi va bu demensiyaning oldini olish uchun ijobiy narsadir", deydi somnolog Viktoriya Garfild.
Islom dinida kunduzi ozroq uxlab olishni “qaylula” deyiladi. Kunning birinchi yarmida bir-ikki soat uxlab olinsa, odam kun bo‘yi yengil yuradi. Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Qaylula qilinglar, chunki shayton qaylula qilmaydi. Qaylula zavoldan oldin bo‘ladi”, deganlar (Anas ibn Molik).
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring