Yashirin kaloriyalar ko‘pincha biz past kaloriyali va foydali deb hisoblagan oziq-ovqatlarda yashiringan. Keling, vazn yo‘qotishga xalaqit beradigan va “buzg‘unchi” ishlarini sezmaydigan eng keng tarqalgan mahsulotlar toifalarini ajratib olamiz. Ayrim mahsulotlar o‘ylaganimizdek foydali emas va ularni nimalar bilan almashtirish mumkin?
Mevalar
Meva eng oddiy va eng foydali gazaklardan biri hisoblanadi, lekin haqiqatan ham shundaymi? Proteinlar, yog‘lar va uglevodlar muvozanatini saqlash muhimdir. Mevalar tarkibiga turli xil organik va noorganik moddalar — suv, minerallar, organik kislotalar va antioksidantlar kiradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, mevalar birinchi navbatda shakarga asoslangan uglevodlar manbai hisoblanadi.
Agar vazningizni kuzatayotgan bo‘lsangiz, yashil olma, greyfrut, pomelo, olcha, olxo‘ri yoki tarvuzni tanlang. Eng ko‘p vitamin olish uchun mavsumiy mevalarni sotib olishga harakat qiling.
Kofe do‘konlaridagi ichimliklar
Qaymoqli muzli latte yoki muz
qaymoq va karamelli qahva — issiq yoz oqshomida nima orombaxsh bo‘lishi mumkin? Bir stakanda 400 kkal va 40 gramm uglevodlar muvozanatli ovqatlanish uchun eng yaxshi variant emas. Yog‘li qaymoq, shirin siroplar va qo‘shimchalar ichimliklarni shakar “bomba”siga aylantiradi.
Qahvaning o‘zi bir tomondan olib qaralsa, olma va klyukvadan ko‘ra ko‘proq antioksidantlarni o‘z ichiga oladi, lekin ayni paytda u kuchli psixostimulyator bo‘lib, o‘ziga qaram qilib, asab tizimini susaytiradi.
Qahvaxonalarda ichimliklarni tanlayotganda qo‘shimchalardan foydalanmaydiganlarini tanlang yoki baristadan shakarsiz kofe tayyorlashni so‘rang.
Shakar va qo‘shimchalarsiz kaloriyalar:
- 70 kkalgacha: espresso, makchiato, amerikano, frappe;
- taxminan 100 kkal: kappuchino va latte.
Matcha-lattega e’tibor qarating: ichimlik qahva kabi tetiklantiradi va ko‘p miqdorda antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Matcha choyi jigarni tozalashga va organizmdagi metabolik jarayonlarni faollashtirishga yordam beradi. Asosiysi, uning ta’mini xush ko‘rib, iste’mol qilish.
Yogurtlar
Bir qadoq ideal qomat eng zo‘r tanlov va noyob afzalliklar manbai — ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlariga xaridorlar e’tiborini shu tarzda jalb qilishadi, lekin aslida hamma narsa boshqacha. Yogurtning foydali xususiyatlari haqidagi ko‘plab shiorlar nihoyatda mubolag‘a qilinadi.
Mevalarning yorqin suratlari va organizm uchun foydalari haqida balandparvoz gaplar, shubhasiz, e’tiborni jalb qiladi, lekin sotib olishdan oldin har bir yogurtning tarkibini o‘rganishni unutmang.
Yorliqda nimani izlash kerak? E1442, E407 va E415 stabilizatorlar bo‘lib, ular yogurtlarga quyuq massa berish uchun qo‘shiladi. Ushbu qo‘shimchalar xavfsiz bo‘lishiga qaramay, hech qanday foyda keltirmaydi. Bundan tashqari, ularning qo‘shilishi mahsulotning kaloriya miqdorini oshiradi.
Shirin yogurtlarda o‘rtacha 3-4 osh qoshiq shakar mavjud, shuning uchun qo‘shimchalarsiz tabiiy mahsulotni tanlang.
Sharbatlar
Sabzavot yoki mevalardan olingan bir stakan sharbatda ko‘p miqdorda vitaminlar va minerallar mavjud bo‘lib, ular organizmga bir zumda so‘riladi. Ko‘pchilik nonushtani sharbat bilan to‘ldirishni yaxshi ko‘radi, lekin bu haqiqatan ham foydalimi? Bir stakan yangi apelsin sharbatida vitaminlar bilan birga yaxshi kayfiyatning bir salbiy tomoni bor — yuqori shakar miqdori.
Qancha sharbat ichish mumkinligini aniqlash juda oddiy: hozir qancha meva yeyishga tayyor ekanligingizni tasavvur qiling. Ishonchimiz komilki, 1-2 dona apelsindan ko‘pini yeya olmaysiz va bir stakan uchun 3-4 dona meva kerak bo'ladi. Eng yaxshi variantni sinab ko‘ring — sharbatni 1: 1 nisbatda suv bilan aralashtiring.
Myusli
Myussli butun oila uchun mukammal nonushta variantidir, uni tayyorlash juda oson va tezdir. Eng muhimi, kompozitsiyani o‘rganish. Muyssli — E va B vitaminlari, kalsiy, kaliy, magniy, temirning ajoyib manbai, lekin ayni paytda juda yuqori kaloriya mahsulotidir — 100 gramm myusslida 350-450 kkal mavjud.
Eng yaxshi tarkib — bu ozuqaviy moddalar, yangi va quritilgan mevalar va yong‘oqlarning yuqori miqdori bo‘lgan butun donli donlardir.
Souslar
Hech kimga sir emaski, sous har qanday taomni ajoyib ta’mi bilan to‘ldiradi va uning mazasini ochib beradi. Deyarli har kuni taomlarning hech bo‘lmaganda bittasida ushbu tarkibiy qism mavjud bo‘lib, ularsiz, masalan, Sezar salatini hamma ham yeya olmaydi.
Ko‘pgina souslar tarkibida bo‘yoqlar, konservantlar, ta’m kuchaytirgichlar va stabilizatorlar mavjud bo‘lib, ular ishlab chiqarish va saqlash uchun zarur bo‘lsa-da, odatda hech qanday foyda keltirmaydi. Aksincha, oshqozon-ichak traktining ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Achchiq souslarni muntazam ravishda ishlatish oshqozon-ichak trakti shilliq qavatining shikastlanishiga olib keladi. Sousda mavjud bo‘lgan shakar ham vaznga, teriga va umuman butun organizmga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Tarkibda tabiiy ingrediyentlar ustun bo‘lishi muhim, shakar esa past bo‘lsin. Shishdan aziyat chekadiganlar natriy nitritli ovqatlardan voz kechishlari kerak: u tanadagi namlikni saqlab turadi.
Sousni o‘zingiz tayyorlashga harakat qiling: tabiiy massani bir chimdim tuz va qalampir, arpabodiyon va sarimsoq bilan aralashtiring. Bunday qo‘shimcha har qanday go‘sht bilan yaxshi ketadi.
Fitnes batonchiklari
Energiya beruvchi batonchiklar har yerga o‘zingiz bilan olib ketishingiz va kerakli vaqtda ochlikni qondirishingiz mumkin bo‘lgan sog‘lom gazak hisoblanadi. Ko‘pincha biz o‘zimizni bitta batonchik bilan cheklay olmaymiz va yana kunlik kaloriya miqdoridan oshib ketishga qadam qo‘yamiz.
Uglevodlarning yuqori miqdori tufayli energiya batonchiklari organizmga quvvat beradi. Ammo agar siz sutli shokoladli batonchik bilan oddiy batonchikning tarkibini solishtirsangiz, unda kakao mavjudligidan tashqari, deyarli farqni sezmaysiz. Qadoqlashda har doim ham haqiqiy ko‘rsatilmagan shakar, yog‘lar va uglevodlarning ko‘pligi tufayli gazak mutlaqo foydasiz va yuqori kaloriyali ozuqaga aylanishi hech gap emas.
Rad etolmaslik holatlarining oldini olish uchun siz ushbu retsept bo‘yicha batonchiklarni o‘zingiz tayyorlashga urinib ko‘rishingiz mumkin: 100 gramm ovsyanka uni, 30 gramm mayiz, 1 dona maydalangan olma, 50 gramm yong‘oqqa ta’bga qarab 1/2 banan va sevimli qo‘shimchalaringizni aralashtiring. Tayyor massani pechda 180 daraja haroratda 30 daqiqa davomida pishirib oling.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring