Meva va sabzavotlar har bir insonning kundalik ratsionida bo‘lishi kerak. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti har kuni ularni 3 marta asosiy taom bilan birgalikda, ikki marta gazak sifatida iste’mol qilishni tavsiya qiladi.
Ushbu mahsulotlar organizmga qanday foyda beradi?
- Kletchatka. Ovqat hazm qilish va mikrobiota uchun muhim, u semizlik, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet xavfini kamaytiradi.
- Polifenollar. Ular prebiotiklardir, immunitet tizimiga ta’sir qiladi, yurak-qon tomir tizimini himoya qiladi, glyukozaga chidamlilik holatini yaxshilaydi.
- Vitaminlar. Metabolizmni tartibga solish, infeksiyalarga qarshilikni oshirish, umuman, organzimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarurdir.
Shu bilan birga, to‘yinganlik hissi! Iloji boricha meva, sabzavot va rezavorlar iste’mol qilishga harakat qiling, ular ko‘proq kaloriyali ovqatlarni siqib chiqarishga yordam beradi, ochlikni bostiradi va siz shirinliklarni kamroq xohlay boshlaysiz.
Mevalar oddiy shakarga qaraganda ancha foydali bo‘lgan tabiiy shakarni o‘z ichiga oladi, ammo shunga qaramay, boshqa oziq-ovqatlar singari ularni me’yorida iste’mol qilish kerak. Agar ozmoqchi bo‘lsangiz, unda ba’zi mevalar cheklanishi kerak. Ular sirasiga qovun, ananas va mango kiradi.
Mango mevasida (~ 300 gramm) taxminan 40 gramm tez hazm bo‘ladigan uglevodlar mavjud bo‘lib, u 6 gramm dekstroz, 21 gramm saxaroza va 14 gramm fruktozadan iborat. 100 gramm ananasda 11,8 gramm, bir tilim qovunda 7,5 gramm tez hazm bo‘ladigan uglevodlar mavjud. Qoida bitta: asosiysi miqdorni oshirirb yubormaslik — ortiqcha tanovul qilmaslikdir.
Juda shirin mevalarni me’yorida iste’mol qilish mumkin, lekin ba’zan ularni olma, avokado bilan almashtirgan ma’qul (ammo ehtiyot bo‘ling, chunki ularda shakar kam bo‘lgani bilan kaloriyasi ko‘p). Yertut, qulupnay va malina ozishni maqsad qilganlar uchun eng muqobil mevalardir.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring