date

Laporta: Jarohatlar Barselona uchun muammo

Laporta: Jarohatlar Barselona uchun muammo
Barselona prezidenti Joan Laporta jamoaning asosiy muammosini ta'kidladi. Klub rahbarining so'zlariga ko'ra, joriy mavsumda "ko'k-anorranglilar"ning natijalariga jarohatlar jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Biroq, Laporta bu faktni bahona sifatida ishlatmaydi. "Bizda ko'plab futbolchilar jarohat oldi.

Men buni bahona sifatida qabul qilmayman, lekin bu haqiqat. Bu rejalarga salbiy ta'sir ko'rsatdi, ammo hozir jarohatlangan futbolchilar asta-sekin safga qaytmoqda va biz natijalarimizni bir qadam bo'lsa-da yaxshilamoqdamiz", - dedi Laporta Goal portaliga bergan intervyusida.

Hozirda Barselona Ispaniya La Ligasining turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi Real Madriddan jamoa besh ochko ortda qolyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Laporta: Jarohatlar Barselona uchun muammo