Agar yarim tunda oyoq og‘rig‘i bilan uyg‘onsangiz, yolg‘iz emassiz: kattalarning taxminan 60 foizi bunday muammolarni boshdan kechiradi. Qizig‘i shundaki, hozirgacha shifokorlar mushaklarning zo‘riqishiga va og‘rig‘i sababiga yechim topa olmaydilar. Ammo bir nechta sabablar ma’lum va ko‘p hollarda vaziyatni yengillashtirish mumkin.
Yuklamaning yo‘qligi
Ota-bobolarimiz oyoq mushaklarini doimiy ravishda ishlatishgan, jumladan, ko‘pincha tizzalarni bukkan holda cho‘kkalab o‘tirgan va zamonaviy turmush tarzi odamlarni bunday holatlardan mustasno qiladi.
Noqulay holatda uxlash
Agar siz, masalan, qorin bilan yuzingizni yerga qaratib uxlayotgan bo‘lsangiz, boldir mushaklari noqulay holatda bo‘ladi, hatto, yengil harakat qilish ham noqulaylik tug‘diradi. Yonbosh bilan uxlagan ma’qul.
Mavsum
Qizig‘i shundaki, oyoqlarda tomir tortishishi qishga qaraganda yozda tez-tez uchraydi. Sababi — asab tugunlari yozda D vitamini darajasining oshishi tufayli faolroq o‘sadi.
Suvsizlanish
Suvsizlanish tungi mushak spazmlariga olib kelishi mumkin, shuningdek, bu ham yoz mavsumida tez-tez kuzatiladi.
Haddan tashqari faol mashg‘ulotlar
Kuchli mashqlar oyoq og‘rig‘ini keltirib chiqarishi uzoq vaqtdan beri ma’lum. Mushaklar haddan tashqari zo‘riqadi va charchaydi. Ko‘pincha professional sportchilar bundan aziyat chekadi.
Mikroelementlar yetishmasligi
Kalsiy, magniy va kaliy yetishmasligi ham oyoqlardagi mushak og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Bu elementlar suv-tuz muvozanatini saqlaydi va organizmning normal ishlashiga yordam beradi.
Dori-darmonlar qabul qilish
Ba’zi diuretiklar va anemiyaga qarshi dorilar mushak spazmlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Homiladorlik
Homiladorlik ayolning qon aylanish va asab tizimiga ta’sir qiladi, shu tufayli oyoq og‘rig‘i kuzatiladi.
Kasalliklar
Qandli diabet, depressiya, umurtqa pog‘onasi kasalliklari boshqa alomatlar qatorida oyoq og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring