Xolesterin — lipid yog‘i bo‘lib, u, asosan, jigarda ishlab chiqariladi va tananing normal ishlashi uchun zarurdir. Xolesterin tanadagi har bir hujayraning tashqi qatlamida mavjud va ko‘p funksiyalarni bajaradi.
Ammo qondagi xolesterin miqdorining ko‘pligi ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, stenokardiya, insult va boshqa xastaliklarni chaqiradi. Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari, qon tomirlarning bloklanib qolishi oqibatida kelib chiqadigan turli xil aqliy zaifliklar, jumladan, demensiyaga sabab bo‘ladi. Quyida taomnomada cheklash zarur bo‘lgan xolesteringa to‘la mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etamiz.
Kokos yog‘i
Foto: Shutterstock
Kokos moyi asosan to‘yingan yog‘lardan iborat bo‘lib, boshqa turdagi yog‘larga nisbatan qondagi yog‘ miqdorini qisqa muddatda ko‘taradi. American Heart Association Circulation jurnalida 2020 yilda chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, kokos yog‘ini haddan ortiq iste’mol qilish kichik zichlikdagi lipoprotein turiga mansub xolesterin miqdorini ko‘paytirib yuboradi. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini oshiradi. Albatta, kokos yog‘ining foydali tomonlari ham serob, biroq mahsulotdan me’yorni saqlagan holda foydalanish tavsiya etiladi.
T-bone steyk
Foto: Shutterstock
T shaklidagi suyak va go‘shtdan iborat bo‘lgani uchun steyk shunday nomga ega. Ushbu taom mol go‘shtining o‘ta yog‘li qismidan tayyorlangani uchun ham xolesterinni oshirib yuboradigan mahsulotlar sirasiga kiradi.
Albatta, steyk taomini cheklashni taklif etmaymiz. Mutaxassislar aytishicha, molning koreyka qismi steyk uchun eng foydali va mazali hisoblanadi. Bunday go‘sht salomatlik uchun foydali ozuqa moddalariga boy. Shuningdek, Amerika yurak kasalliklari assotsiatsiyasi qizil go‘sht iste’molini haftasiga 90 grammgacha cheklashni maslahat beradi.
Gazli shirin ichimliklar
Foto: Shutterstock
Shirin sirop qo‘shilgan va gazlangan mevali ichimliklarni haddan tashqari ko‘p ichish dislipidemiya, qondagi xolesterin va triglitseridlarning anormal darajada ko‘payishiga olib keladi. Parhezshunoslar shirin ichimliklar o‘rniga shakarsiz sovuq choy yoki suv ichishni tavsiya qiladi.
Kolbasa mahsulotlari
Foto: Alamy
Tarkibida xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan va qayta ishlangan kolbasa mahsulotlari o‘ta yog‘li oziq-ovqatlar sirasiga kiradi. Amerika yurak kasalliklari assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 5 mm qalinlikdagi dudlangan kolbasada 1,5 gramm to‘yingan yog‘ yoki kunlik qiymatning 11 foizi mavjud. Shuningdek, kolbasa mahsulotlarida juda ko‘p natriy va yog‘lar ham bor.
Muzlatilgan pitssa
Foto: Dzen
Muzlatilgan pishloqli pitssaning bir bo‘lagi 8,5 gramm to‘yingan yog‘ni o‘z ichiga oladi, bu kunlik qiymatning 65 foizini tashkil qiladi. Pitssaga kolbasa mahsulotlarining qo‘shilishi esa yog‘lar yanada ko‘payishidan dalolat beradi.
Sariyog‘
Foto: Alamy
Bir osh qoshiq sariyog‘da 7,3 gramm to‘yingan yog‘ mavjud. Ushbu mahsulot o‘rniga zaytun yog‘i va avokado iste’mol qilish foydaliroqdir. 2023 yilda Cureus ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada avakado zararli xolesterin darajasini pasaytirishi aniqlangani haqida ma’lumot berilgan.
Shokoladli pechene
Foto: Alamy
Shokoladli pechene, keks va shunga o‘xshash qandolat mahsulotlarida zararli yog‘lar bilan birga ko‘p miqdorda shakar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi