13:53 / 13.06.2024
188

Kech uxlashning o‘smirlar salomatligiga yana bir zararli tomoni aniqlandi

Kech uxlashning o‘smirlar salomatligiga yana bir zararli tomoni aniqlandi
“Yarim tun kelishidan avval uxlolmayman”, “Kech bo‘lsa-da uyqum kelmayapti” kabi shikoyatlar ko‘pincha uyqusizlik alomati deb qabul qilinadi. Biroq vaqtinchalik uyqu muammolaridan farqli o‘laroq, bu alomatlar surunkali uyqu buzilishi va noto‘g‘ri ovqatlanish tartibidan kelib chiqishi mumkin.

Foto: Getty Images
O‘smirlarda uyqusizlikka olib keladigan sirkad ritmlar — bir kecha-kunduzlik ritmlar, biologik jarayonlar va hodisalarning o‘zgarishi ko‘p uglevod iste’moli bilan bog‘liq. Xulio Fernandes Mendoza boshchiligidagi olimlar, Pensilvaniya shtati universiteti professorlari va klinik psixologlari shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi EurekAlert.

Mutaxassislar Pensilvaniya shtatida 377 nafar o‘smirlar ishtirokida bir tadqiqot o‘tkazdi. Bolalar uy aktigrafiyasida (uyquni kuzatish usuli) kamida uch kecha, laboratoriya polisomnografiyasida bir kecha-kunduz o‘tkazdilar. Sinovlar bolalarning uyqu odatlari haqida ma’lumot olishga yordam berdi. Aktigrafiya jismoniy faollikni o‘lchash imkonini berdi, uglevodlarni iste’moli haqidagi ma’lumotlar so‘rovnoma orqali yig‘ildi.

Foto: Getty Images
Aniqlanishicha, uyquga kech yotadigan o‘smirlar ko‘proq uglevod iste’mol qiladi. Bu esa kamharakat turmush tarziga olib keladi. Albatta, balog‘at yoshida uyqu rejimining buzilishi o‘smirlar uchun tabiiy va vaqtinchalik holdir. Biroq ba’zi bolalar kun tartibi shunchalik o‘zgarib ketadiki, ularning uyqu silki buziladi.

To‘plangan ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki, sirkad ritmlar nomutanosibligi noto‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik bilan bog‘liq. Bunday rejim ortiqcha vazn va kardiometabolik kasalliklarga olib keladi”, — deydi Fernandes Mendoza.

Foto: Shutterstock
Amerika uyqu tibbiyoti akademiyasi sog‘lom va tartibli uyqu inson salomatligi uchun zarur ekanligini ta’kidlaydi. Uyqu sifatiga ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Uning uzoq va tinch bo‘lishi uchun sirkad ritmlarda buzilishlar bo‘lmasligi kerak. Chunki kun tartibi va normal uyqu sikli bolalar va voyaga etmaganlar salomatligi uchun zarurdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kech uxlashning o‘smirlar salomatligiga yana bir zararli tomoni aniqlandi