Manchester Yunayted yangi yarim himoyachini sotib olishi mumkin

Manchester Yunayted yangi yarim himoyachini sotib olishi mumkin

Manchester Yunayted yangi yarim himoyachini sotib olishi mumkin
Fransiyaning "Lill" klubi yarim himoyachisi Ayub Buaddi o'z faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbalarga ko'ra, "Manchester Yunayted" 18 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shmoqchi va unga transfer taklifi tayyorlamoqda. Iqtidorli yarim himoyachining transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.

Hozirda Buaddining "Lill" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Joriy mavsumda Buaddi 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq hozircha gol yoki assist qayd eta olmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar