date

Milan toʻrt hujumchidan birini tanlamoqda


Milan futbol klubi yana yangi hujumchi qidirish ishlarini davom ettirmoqda. Oʻtgan qishda "rossoneri" safini 32 million yevro evaziga sotib olingan Santyago Ximenes toʻldirgan edi.

Ammo klubda meksikalik futbolchining oʻyinidan qoniqish yoʻq va unga munosib oʻrinbosar qidirilmoqda. Gazzetta dello Sport xabariga koʻra, Italiyaning bu grand klubi short-listga Yoxanatan Burkardt (Ayntraxt), Joshu Zirkzi (Manchester Yunayted), Artyom Dovbik (Roma) va Xoakin Panichellini (Strasburg) kiritgan.

Hozirgi vaqtda Milan A Seriyasining turnir jadvalida toʻqqiz tur davomida 18 ochko toʻplab, toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi. Yakshanba kuni Massimiliano Allegri jamoasi "Roma"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milan toʻrt hujumchidan birini tanlamoqda