date

Barselonada Lamin Yamaldan xavotirda

Barselonada Lamin Yamaldan xavotirda
Kataloniyaning "Barselona" klubi 18 yoshli iqtidorli yarim himoyachi Lamin Yamalning sog'ligidan xavotir bildirmoqda. Yaqin kunlarda futbolchining chov sohasida muammolar kuzatilmoqda.

The Sun nashrining xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Yamalning jarohati surunkali tus olishidan xavfsiramoqda. Agar noqulaylik davom etsa, jarrohlik aralashuvi ehtimoli ham istisno qilinmayapti.

Hozirda Lamin Yamalning transfer qiymati 200 million yevro deb baholanmoqda. U "Barselona" bilan 2031 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolagan.

Joriy mavsumda Lamin "Barselona" safida 8 uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselonada Lamin Yamaldan xavotirda