
Madridning "Real" klubi yetakchisi Kilian Mbappe jamoaning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va hozirgi ustoz Xabi Alonso o‘rtasidagi farqlar haqida gapirdi. "Mening faoliyatim davomida bir qancha murabbiylar bilan ishlashga to‘g‘ri kelgan.
Har bir mutaxassisning o‘ziga xos falsafasi bor. Alonso Anchelottidan farq qiladi.
Xabining o‘ziga xos yondashuvi bor, jamoa allaqachon uning talablarini tushunib yetdi. Bu mavsumda biz oldinga siljiyapmiz.
"Real" to‘g‘ri yo‘lda, jamoa sovrinlarga erishishga intilmoqda", – dedi fransiyalik hujumchi Marca nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Alonso o‘tgan yozda "qirollik klubi" bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi.
La Liga doirasidagi o‘n tur yakunlariga ko‘ra, "Real" musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Mbappe Anchelotti va Alonsoni solishtirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing