Inson miyyasining atigi 10% (ayrim variantlarda 3%, 5% va 7%) ishlashi haqidagi afsona odamlar orasida keng tarqalgan va hozirda ko‘pchilikga ma’lum bo‘lsa kerak. Bu fikr muallifi sifatida ko‘pchilik Albert Enshteynni ham olinadi. Undan tashqari shu turdagi gaplarga ko‘ra odam harakat qilsa bu 10% ni oshirish imkoni ham bor ekan.
Aksariyat hollarda, bu kabi noto‘g‘ri ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida ham uchratishingiz mumkin. Buni o‘qib olgan yoshlar, o‘zlarini yaroqsiz va qobiliyatsiz odamlar kabi his qiladilar. Uning ustiga, ayrimlar barcha omadsizliklariga shu 10% afsonasini sabab sifatida ko‘rishlari mumkin. Shu seriyadagi yana bir gap bu «eng aqilli odam miyyasining “15%dan foydalanar ekan” kabi gapdir. Bu gapning ham asosi yo‘qdir.
Haqiqattan ham, intelektni har xil turdagi mantiqiy mashqlar bilan rivojlantirish mumkin. Ammo odam o‘z miyyasining qanday qismidan foydalanishi va qandaydiridan foydalanmasligi xatodir. Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, miyyaning har bir qismi o‘zining aniq bir vazifasini bajaradi. Izlanishlar, xech qanday vazifa bajarmaydigan miyya qismini topmadi.
Albatta bu kabi safsatalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Birinchi bo‘lib bu sohada o‘zining chala ekperementlarini o‘tkazgan psixolog bu Uilyam Jeyms. Undan tashqari odamlar orasidagi munosabatlar bo‘yicha psixolog Deyl Karnegi o‘zining mashhur «Qanday qilib do‘stlar ortirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish» kitobida hamma miyyasining 10% ishlatadi deb yozga. Ammo u bu gaplariga hech qanday manbaa ko‘rsatmagan.
Agar yaxshi o‘ylab ko‘rsangiz ham bu ochiq oydinligi aniq bo‘lib qoladi. Odamning tanasida hech qanday vazifa bajarmaydigan a’zo umuman yo‘q. Agar biror a’zo o‘z vazifasini bajarmasa u holda bu odamning ish faoliyatida yaqqol o‘zini ko‘rsatadi. Zero xudo bizni mukammal qilib yaratdi. Xatto magnit-rezonans tomografiyasi odam uxlayotgan davrda ham miyyadagi faollikni mavjud bo‘lishini isbotladi. Faqatgina og‘ir turdagi jarohatlar natijasida miyyada faol bo‘lmagan qismlar paydo bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda bu kabi gaplar o‘rinsizdir.
Manba: Mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi