date

Singapur endi internet firibgarlarini nafaqat qamoq balki tayoq bilan ham jazolaydi

Singapur endi internet firibgarlarini nafaqat qamoq balki tayoq bilan ham jazolaydi

Singapur parlamenti internet firibgarligiga qarshi kurashni keskin kuchaytirish maqsadida yangi jazo choralarini tasdiqladi. Endilikda internetda firibgarlik qilgan shaxslar nafaqat qamoq, balki jismoniy jazo — tayoq bilan kaltaklanish bilan ham jazolanadi, deb xabar beradi The Washington Post.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarmida mamlakatda o‘n minglab firibgarlik holatlari qayd etilib, ularning moliyaviy zarari 385 million dollardan oshgan.

Ichki ishlar vaziri Sim Ennning so‘zlariga ko‘ra, har bir aybdor kamida olti marotaba tayoq bilan jazolanadi. Bu jazo tibbiy ko‘rikdan so‘ng maxsus tayyorlangan moslamalarda amalga oshiriladi. Kaltaklar 60–120 sm uzunlikda va 4–13 mm qalinlikdagi egiluvchan tayoqlardan tayyorlanadi.

Qonun 50 yoshdan oshgan erkaklar va barcha ayollar uchun qo‘llanilmaydi.
Yangi tartib firibgarlar sonini kamaytirish, fuqarolarni himoya qilish va mamlakatdagi moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapur endi internet firibgarlarini nafaqat qamoq balki tayoq bilan ham jazolaydi