Afrikada kolera avjiga chiqdi: qariyb 7 ming kishi halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish261
Afrikada kolera avjiga chiqdi: qariyb 7 ming kishi halok bo‘ldi

Afrika qit’asida kolera epidemiyasi keng miqyosda tarqalmoqda, deb xabar berdi Afrika CDC.

2025 yil boshidan buyon kontinentda 23 mamlakatda infeksiya aniqlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jami 297 mingdan ortiq kishi kasallangan, shulardan qariyb 7 ming nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan. Bu holat o‘lim darajasini 2,3 foizga yetkazgan.

Eng og‘ir vaziyat Angola va Burundida kuzatilmoqda. Mutasaddilar bu mamlakatlarda sanitariya tizimidagi muammolar va toza ichimlik suvining tanqisligi vaziyatni yanada og‘irlashtirayotganini ta’kidlamoqda.

Janubiy Sudan, Sudan va Kongo Demokratik Respublikasida oxirgi haftalarda kasallanish holatlari biroz kamaygan bo‘lsa-da, bu davlatlar hamon yuqori xavf guruhiga kiradi. Muttaxassislar kuchli yomg‘irlar sabab epidemiya yil oxirigacha yana kengayishi mumkinligini ogohlantirmoqda.

Kolera — Vibrio cholerae bakteriyasi orqali yuqadigan ichak infeksiyasi bo‘lib, asosan iflos suv yoki oziq-ovqat vositasida tarqaladi.

Jahon bo‘yicha esa 32 mamlakatda 518 mingdan ziyod holat qayd etilgan, shulardan 6,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Tabiblar aholini gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishga, faqat toza ichimlik suvidan foydalanishga va shubhali oziq-ovqat mahsulotlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimlariga esa epidemiyaga qarshi tezkor choralarni kuchaytirish tavsiya etilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?